Samarqand viloyatida “Elektron hukumat” tizimi va interaktiv xizmatlarni joriy etish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani
12.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

sam_12_10_2015

Samarqand viloyatida “Elektron hukumat” tizimi va interaktiv xizmatlarni joriy etish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Valijon Muxtorov bu borada viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015- yil 4- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni ushbu sohani rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalardan biri mamlakatimizda “Elektron hukumat”ni rivojlantirish hisoblanadi. Negaki, bu tizim orqali hukumatning boshqaruv va ma’muriy faoliyatida ish unumdorligini oshirish, fuqarolarga yuqori darajadagi davlat xizmatlarini taqdim qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun maqbul sharoit yaratishda ulkan samaradorlikka erishiladi.

Samarqand viloyatida “Elektron hukumat”ni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Misol uchun soliq va statistik hisobotlar elektron ko‘rinishda taqdim etilmoqda. Viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti orqali fuqarolarga 26 ta interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ijro intizomi” idoralararo axborot tizimidan foydalanish uchun hokimliklar hamda viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar xodimlariga elektron raqamli imzo kalitlari berilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq