InfoCOM.UZ yana Moskva Cisco Connect – 2015 mediahamkoriga aylandi
10.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

cisco_10_10_2015

InfoCOM.UZ jurnali Moskva shahrida o‘tkaziladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha konferensiya Cisco Connect – 2015ning bu safar sakkizinchi marta mediahamkoriga aylandi. Ko‘p yillardan buyon bevosita Cisco konferensiyasidan muxlislarimizni axborot texnologiyalari sohasida jahon trendlari haqida xabardor qilib kelmoqdamiz.

Cisco Connect — Rossiya va MDH mamlakatlari hududida o‘tkaziladigan yirik  AKT-konferensiyasi bo‘lib, unda yirik AT-kompaniyalarining top-menejerlari, AT-bo‘limlari rahbar va mutaxassislari, tadbirkorlar, talabalar va jurnalistlar jamlanadilar.

Bu yilgi konferensiyaning markaziy mavzularidan biri – raqamlashtirishga oid bo‘ladi. Mavzuning tanlanishi butun jahonda turli kompaniyalar, shaharlar va mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, fuqarolar hayoti sifatini yaxshilash, IYAMni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsiyalarni tatbiq etish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etishi bilan holati bilan bog‘liq. Cisco hukumat va tijorat tashkilotlari, texnologik hamjamiyatlar, startaplar va akademik doiralar tuzilmaviy hamkorligini yaratib, raqamli transformatsiyalar milliy dasturini hayotga joriy etishni tezlashtiadi. Mazkur dasturlar iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, davlat xizmatlari amal qilish sohasi va qamrovini kengaytiradi, jahon bozorida muvaffaqiyat bilan ishlay oladigan korxonalar yaratishga imkon beradi hamda ishlash, xususan, yuksak texnologiyalar sohasida faoliyat yuritishda zarur bo‘lgan ta’lim olishga ko‘proq imkon beradi.

Konferensiya  2015-yil 17-18 noyabr kunlari Moskva shahridagi Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil ma’lumotlar bilan saytda tanishish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq