9-oktabr – Butunjahon pochta aloqasi kuni!
10.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

pochta_9_10_2015

Har yili 9-oktabr kuni butun dunyoda Butunjahon pochta aloqasi kuni nishonlanadi. Mazkur sana tarixiy ildizlariga ega – bu kun Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisosllashgan agentligi bo‘lib hisoblangan Butunjahon pochta ittifoqi(BJPI)ga asos solingan. Butunjahon pochta ittifoqining tarkibiga 190dan ortiq mamlakat kiradi va jahonda eng katta pochta tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi 1994-yildan buyon Butunjahon pochta ittifoqining teng huquqli a’zosi bo‘lib hisoblanadi va BJPI doirasida boshqa pochta ma’muriyatlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

BJPI doimiy ravishda pochta xizmatini faollashtirishga yordam berib, yetakchilik rolini o‘ynaydi. Ittifoq pochta xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikda asosiy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi. U tavsiyalar beradi, vositachi sifatida va texnik yordam ko‘rsatadi. Uning asosiy vazifalari qatorida — zamonaviy pochta mahsulotlari turlarini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish, mijozlarga taqdim etiladigan pochta xizmatlarining sifatini yaxshilash evaziga butunjahon pochta xizmatini rivojlantirishga, pochta jo‘natmalari hajmining o‘sishiga hamkorlik qilishdan iborat. Shu bilan birga, BJPI o‘zining asosiy missiyasi — sayyoramiz aholisi o‘rtasidagi aloqaga hamkorlik qilish hamda rivojlantirishdan iborat.

Pochta tarmog‘ining katta miqyosda tarmoqlanib ketganligi sababli u jahonda eng yirik tarmoq va iqtisodiyotning katta segmenti sifatida amal qilish imkoniyatini ta’minlovchi jahonning asosiy infrastrukturasi hisoblanadi. Jahonda 600 000dan ortiq pochta aloqasi bo‘linmasi mavjud bo‘lganligi sababli pochta xizmati umumiy va arzon bo‘lib hisoblanadi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ pochta aloqasi milliy operatori bo‘lib, Butunjahon pochta ittifoqining 107ta a’zo-mamlakatlar bilan xalqaro pochta almashuvini ta’minlaydi, respublika hududida universal pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi. Raqobatli bozor muhiti sharoitlarida «O‘zbekiston pochtasi» zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yangi xizmatlarni rivojlantirish, O‘zbekiston hududida kafolatli va sifatli pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashga katta e’tibor qaratmoqda.

Xalqaro tajribalarga tayanib «O‘zbekiston pochtasi» AJ pochta aloqasi milliy operatori sifatida pochta aloqasi tarmoqlarini modernizatsiyalash, xizmat turlari doirasini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, obyektlarda pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Pochta aloqasi bo‘linmalarida avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lib, aholiga «elektron pul o‘tkazmalari», «gibrid pul o‘tkazmalari» kabi yangi xizmat turlarini ko‘rsatmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida yangi xizmat turlarini joriy etib, pochta aloqasi sohasini modernizatsiyalash maqsadida «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan pochta aloqasi sohasini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taqdim etilayotgan xizmat turlari hajmini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

«O‘zbekiston pochtasi»da korporativ kompyuter tarmog‘i asosida avtomatlashtirilgan tizimlar: «Elektron pul o‘tkazmalari», «To‘lovlarni qabul qilish», «Pensiya va nafaqalar to‘lovi hisoboti» va «Ro‘yxatga olingan pochta jo‘natmalari monitoringi» hamda «Davriy nashrlarga obuna qilish» va boshqalar amal qilmoqda, ularga qator pochta aloqasi obyektlari ulangan.

Pochta aloqasi xizmatlari sifatini oshirish maqsadida avtomatlashtirilgan Butunjahon pochta ittifoqining «IBIS» va «PRIME» axborot tizimlariga ulangan “Reklamatsiya guruhlari” avtomatlashtirilgan ish o‘rinlari ishga tushirilgan.

Internet-obuna to‘lovini bank plastik kartochalari orqali Jamiyat veb-saytida va davlat interaktiv xizmatlari yagona portalida amalga oshirish onlayn-to‘lov tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Magistral va viloyatlar ichki pochta yo‘nalishlarida foydalaniladigan, (GPS) navigatsion monitoring tizimini o‘rnatib, avtotransportlarni olisdan nazorat tizimi majmuasi joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi milliy operatorining istiqbol rejalaridagi asosiy maqsadi eng muhim ustunlik va foydalanuvchilarda pochta aloqasi xizmatlariga ishonchini oshiruvchi ishonchlilik va tezkorlik bo‘yicha yuqori standartlariga muvofiqlik bo‘lib hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq