“Elektron hukumat” markazida menenjment bo‘yicha yapon tajribasi o‘rganilmoqda
09.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari yapon menejmentining yuqori ko‘rsatkichlari hamda AKTning undagi ahamiyati yo‘nalishida malaka oshirishmoqda. Ma’lumki, yapon menejmenti Kanban, Just-in-Time, Kayzen kabi bir qator yo‘nalishlarga ega bo‘lib, Markaz xodimlari boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirishda AKTdan foydalanish, xizmat ko‘rsatishda AKTni ishlatish, AKTdan jarayonni hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholashda foydalanish, AKTni strategik rejalashtirishda qo‘llash kabi mavzular bilan Garvard universitetining professorlari Norton va Kaplan AKT yuzasidan ishlab chiqqan metodlar bilan o‘n kun mobaynida tanishishadi.
Mashg‘ulotlarni O‘zbek-yapon markazi, Qirg‘iz-yapon markazi, Xalqaro iqtisodiyot va diplomatiya universiteti, Applied Sciences, Osnabruck, Germany, EM College, Lyon, Fransiya universitetlarida mashg‘ulotlar olib borgan professor Durbek Aminovich Muhammedov olib bormoqda.