O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot madaniyatini va mediasavodxonligini shakllantirish bo‘yicha seminarlar bo‘lib o‘tmoqda
08.10.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

lib_8_10_2015_2

2015 yil 6-15 oktabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish” loyihasi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

IFLA va «Axborot hamma uchun» YuNESKO Dasturining Rossiya ko‘mitasi doimiy a’zosi, ekspert, Kemerovo davlat madaniyat va san’at universiteti, ijtimoiy soha axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor N.I.Gendina tomonidan olib borilgan treninglarda respublika axborot-kutubxona muassasalarining 20 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.

lib_8_10_2015_3

Treninglar ishini ochiq deb e’lon qilar ekan, O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, axborot-kutubxona sohasida loyihalarni chuqurlashtirish davrida soha mutaxassislarining axborot madaniyatini va mediasavodxonligini shakllantirish va axborot va mediasavodxonlikni uzviy bog‘liqlikda o‘rganish muhimligini ta’kidladi. “Inson ongiga turli yo‘llar, axborot tashuvchilar orqali ta’sir qiluvchi axborotlarning ko‘payib, axborot xuruji avj olayotgan bir davrda, bu muammo bolalar bilan ko‘proq ishlashni taqozo etadi. Mazkur masalani hal etishda ta’lim muassasalari bilan bir qatorda tegishli resurslarga, axborot madaniyatini shakllantirish tajribasi bor malakali kadrlarga ega bolalar va maktab kutubxonalari xizmat qiladi,” — dedi K.Pikat va trening ishtirokchilariga ijobiy taassurotlar tiladi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi respublikamizda axborot-kutubxona sohasida dasturlar va loyihalar ishlab chiqish va soha mutahassislarining axborot madaniyatini va mediasavodxonligini shakllantirish doirasida O‘zbekistondagi YuNESKO vakolatxonasi bilan birgalikda o‘tkazilayotgan turli tadbirlar tashabbuskori hisoblanadi.

lib_8_10_2015_4

Trening doirasida mutaxassislar “Mediasavodxonlik va shaxsning axborot madaniyati sohasida xalqaro yetakchi yo‘nalishlar” va “Shaxsning axborot madaniyati: uning tamoillari, mohiyati va tadbiq etish shartlari” kabi mavzular bilan tanishdilar.

O‘quv treninglar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 15 oktabriga qadar davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq