Keksa fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan Nuroniy.uz portali ishga tushdi
05.10.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

nuron_5_10_2015_1

“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi asosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan “Nuroniy.uz” internet-portali ishga tushirildi. Ushbu portal yurtimizdagi keksa avlod vakillariga turmush tarzining turli jabhalariga oid savollariga javob topishlari mumkin bo‘lgan muhim axborot manbaidir.

“Elektron hukumat” axborot tizimi tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi, keksa yoshli internet foydalanuvchilarini hukumat tomonidan keksalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklarga oid ma’lumotlar, yangilik va xabarlardan boxabar qiladi, keksa insonlarga zarur interaktiv xizmatlardan foydalanish, axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab borish imkoniyatini beradi.

Ayni kunlarda portalga keksa insonlar uchun zarur va foydali hisoblangan, turli imtiyoz va qulayliklar, pensiya va ijtimoiy qulayliklarga oid yangiliklarni, foydali maslahat va tavsiyalar beruvchi materiallarni joylashtirish va ularni tizimli yangilab borish, o‘zaro fikr-mulohaza almashishga yordam beruvchi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriligi va uning hududiy boshqarmalari, “Saxovat” hamda “Muruvvat” internat-uylari, keksalarga mo‘ljallangan sanatoriya va sog‘lomlashtirish markazlari, axborot-resurs markazlarini mazkur portalga ulash orqali yagona, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga qulay platformani yaratish maqsad qilingan.

Mazkur loyiha UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish, “Elektron hukumat” tiziminin rivojlantirish markazlari, shuningdek “O‘zbektelekom” AK ko‘magida, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Pensiya” jamg‘armalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq