Soliqlarni uydan chiqmagan holda to‘lang!
03.10.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni bankka bormasdan «CLICK», «MBANK» va «MUNIS» elektron to‘lov tizimlari yordamida mobil telefon yoki internet orqali onlayn rejimida to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Ushbu to‘lov tizimlaridan foydalanish fuqarolar uchun bepul va amalga oshirilgan to‘lovlar uchun komission to‘lov olinmaydi. Shuningdek, to‘langan soliqlar haqidagi ma’lumotlar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalariga avtomatik ravishda qayd qilinadi.

«CLICK» tizimi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirish
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan Online-UZCARD plastik kartalarini saqlovchilar kartaga xizmat ko‘rsatuvchi bankda yoki xohlagan bankomat hamda infokioskada UZCARD SMS-xabarnoma xizmatini o‘z mobil telefonlariga ulatishlari mumkin. Jumladan, «CLICK» to‘lov tizimida, quyidagi bepul USSD so‘rovini SMS-xabarnoma ulangan mobil telefonidan yuborish orqali Online-UZCARD plastik kartasini tizimga ulashingiz lozim bo‘ladi.

*880*0*karta raqami*amal qilish muddati#, bunda, karta raqami – bu plastik kartaning raqami (kartaning o‘zida ko‘rsatilgan) (16 ta raqamdan iborat); Amal qilish muddati – kartaning amal qilish muddati tugaydigan sana (kartada ko‘rsatilgan) (4 ta raqamdan iborat, masalan 1216). Undan keyin, PIN-kod o‘rnatish lozim. Ushbu kod kelgusida plastik kartangizdan amalga oshiriladigan to‘lovlarni tasdiqlash uchun kerak bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq