Xerox bosma usulida yozib olish xotirasiga ega yorliqni ishlab chiqara boshladi
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

xerox_30_09_2015

Yil boshida Xerox kompaniyasi Thinfilm Memory organik xotirasi bilan seriyali yorliqlar chiqarishni rejalashtirayotganligi ma’lum qilingandi. Mazkur rejalar Xeroxga bunday mahsulotni chiqarishga imkon beruvchi va litsenzion kelishuv tuzuvchi Xerox va Thin Film Electronics ASA kompaniyalari hamkorligiga asoslangan.

Sen-tabr oyining boshida Xerox kompaniyasi bosma usulida yozib olish xotirasiga ega yorliqni ishlab chiqara boshladi. Xerox Printed Memory va Xerox Printed Memory with Cryptographic Security yorliqlari mahsulotni asl ekanligi, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon yetkazish yo‘lida ularga bo‘lgan munosabatni aniqlashga yordam beradi.

Yorliq Xerox Printed Memory qayta yozib oluvchi 36 bit xotiraga ega, bu 68 mlrd. kombinatsiyani saqlashga yetarli hisoblanadi. Xerox Printed Memory with Cryptographic Security yorliqlarining o‘ziga xos xususiyati ajoyib shifrlangan xotira kodi (QR kodiga o‘xshash)ning mavjudligi bo‘lib hisoblanadi. Uni faqat smartfonning himoyalangan ilovasi bilan juftlikda ishlaydigan maxsus qurilma yordamida hisoblash mumkin. Ta’kidlanishicha, bu kontrafakt mahsulotning ishlab chiqarilishi va tarqatilishiga qarshi ishonchli vositalardan biriga ega bo‘lishga imkon beradi. Yangi yorliqdan foydalanish sohasi qatorida farmatsevtik mahsulotlar ham bor.

Manba: http://news.xerox.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq