Volvo axlat yig‘uvchi-robot konsepsiyasini taqdim etdi
30.09.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Volvo kompaniyasi innovatsion avtomobil texnologiyalari va robototexnika sohasida loyihalarni rivojlantirish ishlarini davom ettirmoqda. Mazkur sohadagi navbatdagi tashabbus axlat yig‘uvchi-robot konsepsiyasi bo‘ldi.

volvo_30_09_2015

Loyiha ROAR deb ataldi — bu Robot-based Autonomous Refuse handling nomining qisqartmasidir. Unda Volvo Chalmers Texnika universiteti va Melardalen Universiteti (ikkisi ham — Shvetsiya ta’lim muassasasi), Pensilvaniya shtati Universiteti (AQSH), shuningdek, Renova kompaniyasidan chiqindilardan qayta foydalanish texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar faoliyat yuritdilar. ROAR tashabbusi doirasida, mustaqil axlat idishlarini ko‘tarib, ularni axlat tashuvchi transportga eltib tashlash, qabul qiluvchi konteynerga to‘kib, idishni yana avvalgi joyiga qo‘yish amallari kiritilgan robotlarni loyihalash rejalashtirilgan. Robotlar mazkur ishlarni tungi vaqtda shovqinsiz bajara olishi ko‘zda tutilgan.

volvo_30_09_2015_1

Ta’kidlash kerakki, robotlar butunlay avtonom ishlamaydilar. Ular ko‘rsatmani axlat tashuvchi mashina yoki uning kabinasidagi operatordan oladilar. Yangi robotlashtirilgan platformani Renova avtomobillaridan birida testdan o‘tkazish kelasi yilga mo‘ljallangan. Ishlab chiqilgan texnologiyadan kelgusida boshqa sohalarda — masalan, ishlab chiqarishda foydalanish mo‘ljallanmoqda.

Manba: www.volvocars.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq