Turk olimlari taklif etgan fikranboshqariladigan«aqlli» uy
30.09.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Gazi Universiteti (Turkiya) tadqiqotchilarining ishlanmasi imkoniyati cheklangan odamlar hayotini yengillashtiradi. Zamonaviy smart-qurilma elektroensefalografiya bo‘yicha olimlar guruhini birlashtirdi, ular fikran boshqariladigan «aqlli» uyni loyihalashtirdilar. Bu go‘yo fantastik filmdan parchaga o‘xshaydi, biroq tizim prototipi allaqachon yaratildi va takomillashtirilmoqda.

turk_30_09_2015

Ajoyib tizim biror ishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan inson miyasida yuzaga keladigan o‘ziga xos pattern (P300)ni belgilovchi EEG-datchikdan foydalanadi. Mazkur datchik displey bilan birlashtirilgan bo‘lib, masalan, televizor yoki telefondan foydalanishni xohlagandagi kabi turli asboblar tasvirini ko‘rsatadi. Agar foydalanuvchi tasvirga diqqatni jamlasa, P300 signalini qiziqtiruvchikontrollerga uzatadi.

Ayrimlar tizimga qarshi e’tiroz bildirdilar. Ularning barchasi filmni ko‘rish va tovushini boshqarish haqida fikr yuritdilar. To‘g‘ri, qurilmani aniqlashda tizim ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘ydi, biroq bu texnik jihatdan hal etiladigan masaladir. EEG miya signallari hamda elektronikani bog‘lovchi yagona usul emas. Kioto ilg‘or telekommunikatsiyalar tadqiqotlari institutidan Takesi Ogava (Takeshi Ogawa) rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi tizim ustida ishlamoqdalar, ular miyaning qon oqimidagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun infraqizil spektroskopiya usulidan foydalanadilar. Bunday tizimning aniqligi 80 foizni tashkil etadi, biroq u juda sekin ishlashi ma’lum bo‘ldi. Ishoraga ta’sirlanish vaqti taxminan 17 soniyani tashkil etadi. Har ikki texnologiya ham hozircha ishlanmaning boshlang‘ich bosqichida.

Manba: www.digitaltrends.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq