LG yig‘ma gadjetlar uchun displeylarni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlamoqda
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

lg_30_09_2015_2

Janubiy Koreya OAV xabarlariga ko‘ra, LG Display kompaniyasi yaqin vaqt ichida yig‘ma smartfon va fabletlar uchun displeylar ishlab chiqara boshlaydi.

Shaklini o‘zgartira oladigan yangi turdagi ekranlar global softver biznesi bilan shug‘ullanadigan korporatsiyalar buyurtmasiga muvofiq ishlab chiqiladi. Mazkur buyurtmachi high-end klassidagi smartfonlari segmentida Apple va Samsung mahsulotlariga raqobatchi bo‘lishi mumkin. LG buyurtmachisi ham Samsungning bukiluvchan displeylari prototiplarini testdan o‘tkazgan, biroq qandaydir sababga ko‘ra, ulardan foydalanishni rad etgan. LG salohiyatli hamkorining nomi aslida ma’lum qilinmagan bo‘lsada, ehtimol gap Microsoft ustida borayotgan bo‘lsa, ajabmas.

lg_30_09_2015_3

LG shaklini o‘zgartira oladigan displeylar ishlab chiqarishga 900 mln. AQSH dollariga yaqin mablag‘ kiritilgan. Bunday ekranlar organik svetodiodlar (OLED) texnologiyasiga asoslanadi. Yana uning xizmat qilish davrining uzunligi ham ma’lum qilingan: panellarini 100 000 martagacha ochish va yig‘ish mumkin. Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, yaqinda Samsungning yig‘ma smartfonlar ishlab chiqarishni rejalashtirayotganligi ma’lum qilingan. Bunday qurilmalar kelasi yil yanvar oyidan taqdim etilishi mumkin.

Manba: www.etnews.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq