Kibersportshilar uchun MadCatzR.A.T. PRO S sichqonchasi
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

rat_30_09_2015

Mad Catz kompaniyasi kelasi oylarda yetkazib berila boshlanadigan R.A.T. PRO S rusumidagi o‘yin sichqonchalari oilasi qatorini to‘ldirdi.

Yangi mahsulot (duymga nuqtalar) 5000 dpi imkonini beruvchi optik sensorga ega. O‘yindagi vaziyatga ko‘ra muhim o‘zgarishlar uchun yo‘naltirgich ko‘zda tutilgan. Manipulyator xotirasida uchtagacha foydalanuvchi axboroti saqlanishi mumkin. Sichqonchaning sakkizta dasturlangan tugmalari mavjud. Kompyuterga ulanish uchun USB simli interfeys xizmat qiladi, chastotasi 1000 Gts.gacha yetadi.

rat_30_09_2015_1

R.A.T. PRO S’ning o‘ziga xos xususiyati kaftda ushlab turish uchun paneldan iborat bo‘lib, qulaylik burchagi o‘zgaradi (+/-15 daraja) va 12 mm.gacha boshqarilishi mumkin. Bu aniq bir foydalanuvchi qo‘lining anatomiyasi va ushlashdagi holatiga ko‘ra sichqonchaning shaklini optimallashtirishga imkon beradi. Maksimal tezligi 30g, joy o‘zgartirish tezligi — 3,3 m/s.gachani tashkil etadi. Qurilmaning og‘irligi 77 gramm. Yangilik eng avvalo, turnir musobaqalari ishtirokchilarini qiziqtirishi kerak. Windows 7 va undan ortiq operatsion tizimlar bilan mos kelishi kafolatlangan. Sichqonchani taxminan 70 AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Manba: www.madcatz.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq