Haydovchisiz Lutz Pathfinder mitti-avtomobillarini sinovdan o‘tkazish boshlandi
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

lutz_30_09_2015

Milton-Kins shahrida (Buyuk Britaniyaning Bakingemshir grafligi) jamoatchilik oldida, kelgusida piyodalar uchun yo‘llarda harakatlanib, yo‘lovchilarni tashiydigan kichik elektrik Lutz Pathfinder avtomobilini taqdim etdilar. Lutz Pathfinder bortiga ikki odam va ozgina yukni olishi mumkin. Akkumulyatorli batareyasi bloki 60 kmga yaqin yo‘lni bosishga yetarli bo‘ladi, maksimal tezligi esa 24 km/soat bilan cheklangan.

Mitti-mashinalarning asosiy xususiyati panoramali kamera, lazerli datchik, radar, GPS navigatsion tizim priyomnigi va boshqalarga ega bo‘lgan avtopilot(haydovchi) tizimi bo‘lib hisoblanadi.

lutz_30_09_2015_1

Lutz Pathfinder ishlanmasini tayyorlash uchun bir yarim yil vaqt sarflandi. Oksford universitetining Mobile Robotics Group bo‘linmasi mutaxassislari yaqin vaqt ichida elektromobil va avtonom boshqaruv tizimi uskunalarini testdan o‘tkazishga tayyorlaydilar. Dastlab Lutz Pathfinder sinov dasturiga uch avtomobil qo‘yiladi. Bundan tashqari, salonda boshqaruvni o‘z qo‘liga olishga tayyor turgan operator mavjud bo‘ladi. Kelgusida mashinalar butunlay mustaqil harakatlanishi shart. Kelajakda Buyuk Britaniya ko‘chalarida o‘nlab Lutz Pathfinder mashinalari harakatlanishi kutilmoqda. Mazkur robotlashgan mashinalar piyoda yurishni xohlamaydigan keksalar va umuman barcha oddiy odamlarni ko‘zlangan manzilga eltib qo‘yishi mumkin. Bunday robot taksini chaqirish uchun maxsus mobil ilovalardan foydalanish mumkin.

Manba: www.gizmag.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq