Erica — professor Xiroshi Ishiguroning yangi fotorealistik robot-androidi
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

erica_30_09_2015

Osaki Xiroshi Ishiguro universiteti (Hiroshi Ishiguro) professori va uning guruhi Geminoid, Kodomoroid, Otonaroid va boshqa seriyali fotorealistik robot-androidlarini yaratganligi bilan jahon robototexnikasi rivojida katta mashhurlik qozondi.

Professor Ishiguroning har bir yangi ijod mahsuli yanada haqiqatga yaqin bo‘lib chiqadi hamda qo‘shimcha qobiliyatlarga ega bo‘ladi va jonli odamlarga o‘xshashlik darajasi oshiriladi. Bunga yangi robot — Erica ismli robotga nazar tashlab, ishonch hosil qilish, hech ikkilanmay, giperrealistik deb atash mumkin. Professor Ishiguro guruhi yaratgan yangi android roboti nafaqat yangi ko‘zlar, quloq va boshqa yanada haqiqiyga yaqin tana qismlariga ega bo‘ldi. Tadqiqotchilar robotning nutqini yaxshiladilar va uni qo‘shimcha kommunikatsiya imkoniyatlari bilan ta’minladilar. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bularning hammasi birgalikda odamlarning robot bilan muomala qilishdagi psixologik to‘siqni yo‘qotishga yordam beradi.

Yangi robot Fan va texnika bo‘yicha Yaponiya Agentligi (Japan Science and Technology Agency), Osaki va Kioto universitetlari hamda Advanced Telecommunications Research Institute International instituti (ATR) bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi, keng jamoatchilik uchun esa Erica androidi Tokio milliy muzeyida o‘tkazilgan Emerging Science and Innovation ko‘rgazmasida namoyish etildi. Albatta, robototexnikaning takomillashib borishiga qaramay, Erica androidi hali ham jonli odamlarga nisbatan biroz «yog‘ochsimon» bo‘lib tuyuladi. Biroq robot ancha yaxshi muloqotga kirishishi, bir qator savollarga javob berishi mumkin. Bu professor Ishiguroning avvalgi ijodiy mahsulotlariga nisbatan ancha tabiiyroq bo‘lib tuyulishini tan olish kerak.

Robotning xulq-atvori juda «tabiiy»ga yaqinlashdi va uning noverbal harakatlanishiga yordam beradi, jumladan, ko‘z harakatlari, yuzidagi emotsional holatlar, ayrim jihatlari faqat muloqotning yapon usuliga o‘xshashdir. Noverbal muloqot jarayonlari boshqa ko‘p jihatlarga ham ega. Robot inson bilan suhbat mobaynida, nafaqat nutqiy axborotni, balki insonning asosiy noverbal «e’tirozlarini» ham taniy oladi, bu robot xulq-atvoridagi holatlarni tuzatishga yordam beradi. Ta’kidlash kerakki, Yaponiyada ayrim robotlar, jumladan,Pepperroboti ma’lum bir kompaniyalar ofislari qabulxonalarida kotiba-xodimlar vazifalarida foydalanila boshlandi. Yana biroz vaqt o‘tgach, tashrifchilarni robotlar kutib olib, kuzatib qo‘yishlari va ularni jonli odamlardan farqlash qiyin bo‘lihi ehtimoldan holi emas.

Manba: www.newsrobotics.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq