Epson PictureMate PM-400: Wi-Fi Directni qo‘llab-quvvatlagan ixcham fotoprinteri
30.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

epson_30_09_2015_1

Epson kompaniyasi ixcham PictureMate PM-400 printerini ishlab chiqardi, u jumladan, mobil qurilmalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotosuratlarni chop etish uchun mo‘ljallangan.

Yangi mahsulot purkab chop etuvchi Epson Micro Piezo texnologiyasiga asoslangan. Maksimal amal qilishi 5760 x 1440 dpi (duymga nuqta)ga teng. Printer SD kardrideri va microSD tashuvchilari, shuningdek, USB 2.0. portiga ega. Mobil qurilmasida Android va iOS operatsion tizimi boshqaruvida ishlashi sababli Wi-Fi Directni qo‘llab-quvvatlagan simsiz Wi-Fi texnologiyasidan foydalaniladi. Printerni kompyuterga ulamay turib, 10 x 15 va 12,5x 17,5 sm o‘lchamli fotosuratlarni chop etish mumkin.

epson_30_09_2015

Epson maxsus fotoqog‘ozdan foydalanishda suratlar tirnalmaydigan, suv o‘tmas va yonmaydigan bo‘lib chiqishini, zarur shartlarga asoslangan sharoitlarda 200 yil saqlanishini ta’kidlanmoqda. PictureMate PM-400 kiritilgan 2,7 duymli displeyga ega. Tasvirni avtomatik korreksiyalash va nuqsonlarni bartaraf etish va boshqa funksiyalari mavjud. Printerning hajmi 225 x 173 x 83 mm, og‘irligi — 1,8 kgga yaqin.

Manba: www.epson.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq