Butun jahonda ro‘yxatga olingan domenlarning umumiy soni 296 millionga yetdi
30.09.2015
Rukn: Internet, Yangiliklar.
Muallif: .

Verisign kompaniyasi domenlar nomi bo‘yicha joriy yilning ikkinchi yarmi uchun bergan hisoboti ma’lumotlarini chop etdi. Hisobotda ko‘rsatilishicha jahonda ro‘yxatga olingan domenlar umumiy soni 296 millionni tashkil etdi. Birinchi yil choragiga solishtirilganda, o‘sish ko‘rsatkichi 0,8 foizni, o‘tgan yil shu davriga nisbatan esa — 5,9 foizni tashkil etdi.

dom_30_09_2015

Verisign boshqaruvidagi .COM domenlari so‘zsiz yetakchi bo‘lib qolmoqda, unda 118,5 million nom mavjud. Yana 15 millionga yaqin nom (shuningdek, Verisign boshqaruvidagi) .NET domenida ro‘yxatdan o‘tgan. Umumiy domen nomidan yangilari iyun oyining oxiridagi ma’lumotga asosan 5,86 million nomni — ya’ni butun jahondagi domenlar sonidan 2 foizni tashkil etdi. Milliy domenlar haqida fikr yuritilsa, ularning soni 288taga oshdi. Biroq umumiy ro‘yxatdan o‘tganlardan 66,7 foizi 10ta yirik milliy domenga taalluqlidir. Mazkur o‘nlikning yetakchisi Tokelau .TK domenidir (faqat rasmiy belgilariga ko‘ra milliy domenlarga taalluqli bo‘lsada, aslida, bu ochiq domen bo‘lib hisoblanadi) . Keyingi o‘rinlardan Germaniya .DE domeni, .CN Xitoy domeni, .UK Buyuk Britaniya domeni, .RU Rossiya domeni va .NL Niderlandlar domeni joy olgan. Bugungi kunda .UZ domeni zonasida 24 mingga yaqin domenlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq