Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi
29.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

raz_29_09_2015

2015-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

raz_29_09_2015_1

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot- kommunikatsiya tizimini tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish, partiyaning milliy axborot makonini rivojlantirish jarayonlaridagi ishtiroki istiqbollari masalasini muhokama etish, jamoatchilik, saylovchilarga partiyaning mazkur sohadagi dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish mexanizmlarini yetkazishdan iborat.

raz_29_09_2015_2

Anjumanda qayd etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirishga doir huquqiy baza yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Aloqa to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

raz_29_09_2015_3

Partiya va uning parlament Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi ushbu yo‘nalishdagi o‘z faoliyatida milliy axborot makonini rivojlantirish jarayonlarini qonunchilik asosida mustahkamlash, aholining, ayniqsa, qishloq joylardagi aholining axborotdan foydalanish imkoniyati yuqori darajasini ta’minlash, milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslari, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarini, ayniqsa, Internet tarmog‘i milliy segmentini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

raz_29_09_2015_4

Bo‘lib o‘tgan konferensiya davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida zamonaviy AKTlarni keng qo‘llashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etdi.

raz_29_09_2015_5

Tadbir axborot sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti borasida tajriba almashish, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish, zamonaviy AKTdan foydalanish hisobiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, «Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot tizimlari va davlat organlari ma’lumotlar bazasining amaldagi va yaratilayotgan komplekslari infratuzilmasi faoliyati ochiqligini ta’minlash uchun sharoit yaratayotgan qonun loyihalariga qator dolzarb takliflar ishlab chiqish imkonini berdi.

raz_29_09_2015_6

Konferensiya materiallari hamda tahliliy ma’lumotlar 2015-yil to‘rtinchi choragida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks Dasturini amalga oshirish holati to‘g‘risida»gi axboroti eshituvida foydalaniladi.

raz_29_09_2015_7

Konferensiyaning o‘tkazilishi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan o‘z saylovchilari bilan yaqin muloqot o‘rnatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, globallashuv sharoitida millatning o‘ziga xosligini saqlashni ta’minlash, uni xavfsiz rivojlantirish uchun asos yaratishga qaratilgan milliy axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishdagi faol ishtiroki borasida amalga oshirilayotgan navbatdagi qadam bo‘ldi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq