O‘zbekistonlik kiberfutbolchi Turgunboyev Muhamadamin WSVG CIS FINAL 2015 xalqaro musobaqalari finalida ikkinchi o‘rinni egalladi
29.09.2015
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

fifa_28_09_2015

26-27 sentabr kunlari Rossiya  Kiberfutboli Federatsiyasi boshchiligida, Moskva shahrida o‘tkazilgan WSVG CIS FINAL 2015 xalqaro musobaqalari finalida O‘zbek kiberfutbolchilari FIFA15 sport simulyatori bo‘yicha ishtirok etdilar. Musobaqalarda Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonning eng kuchli esportchilari ishtirok etdilar. Jami 32 ishtirokchidan: 22 nafari Rossiya vakillari va 10 nafari 4ta MDH mamlakatlaridan ishtirok  etib, bosh sovrin – joriy yil oktabr oyida professional jahon turniri World Series of Video Games Maldives 2015 o‘tkaziladigan Maldivaga yo‘llanma olish uchun kuch sinadilar. Final o‘yinida O‘zbekistondan  5 nafar esportchi qatnashib, barchalari guruhiy turnir bosqichidan muvaffaqiyat bilan o‘tganlari, Turg‘unboyev Muhamadamin esa musobaqa natijalariga muvofiq ikkinchi o‘rinni egallaganligi  turnirning shov-shuvli voqeasi bo‘ldi.

Musobaqalar juda tig‘iz rejimda o‘tkazildi. Soat 11-00da 8 nafar ishtirokchi bilan to‘rt guruhda guruhiy turnir boshlandi. Har bir kiberfubolchi 7 match o‘tkazishi va to‘rt nafar eng yaxshi o‘yinchilar pley-off bosqichiga chiqishlari zarur edi.

1-guruhda ikki esportchimiz: Turgunboyev Muhamadamin va Ustajalilov Davron musobaqalshdilar. Mahamadamin barcha 7 uchrashuvda 21 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqdi, Ustajalilov Davron to‘rtinchi vaziyatda guruhdan 10 ochko bilan chiqdi.

fifa_28_09_2015_1

2-guruhda eng taniqli kiberfutbolchimiz Abdusapi Qayumov (TOP8 WCG2013) o‘ynadi hamda 12 ochko bilan guruhdan  uchinchi vaziyatda pley-off  bosqichiga chiqdi.

fifa_28_09_2015_2

O‘zbekistonni 3-guruhda  Jalilov Rustam taqdim etdi va 12 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi.

fifa_28_09_2015_3

Nihoyat, to‘rtinchi guruhda Kamolov Sirojiddin musobaqalashib, guruhda to‘rtinchi o‘rinni egalladi va 9 ochko bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

fifa_28_09_2015_4

O‘zbekistonlik besh nafar ishtirokchilaridan beshovi ham guruhli turnir bosqichidan o‘tib, mazkur xalqaro turnir TOP-16ga kiritilganliklarning o‘zi, o‘yin hamjamiyatlari orasida shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Tashkilotchilar pley-off bosqochini Double Elimination tizimida — ikki mag‘lubiyatdan keyin Olimpiada tizimida o‘tkazishga qaror qildilar. Turnir jadvali bilan  bu yerda tanishish mumkin.

1/8 final o‘yinidan so‘ng faqat Turgunboyev Muhamadamin ¼ bosqichga o‘tdi va yarim finalga chiqdi. Qolgan O‘zbekistonliklar luzerlar jadvaliga tushdilar. Ularning yetakchisi Abdusapi Qayumov ¼ luzerlar jadvalidan joy oldi.

fifa_28_09_2015_5

Vinerlar yarim finalida Turgunboyev Muhamadamin turnirda eng asosiy raqib, Rossiyaning eng kuchli fifachisi va 2013-yilda Parijda  bo‘lib o‘tgan ESWC Kubogi kumush medali sovrindori hisoblangan  Robert Faxretdinov bilan musobaqalashdi. Muhamadamin vinerlar yarim finalida 2:0 hisobda o‘yinni boy berdi, biroq muvaffaqiyat bilan luzerlar to‘rida o‘yinni davom ettirdi.

fifa_28_09_2015_6

Luzerlar chorak finalida Muhamadamin Ukraina penalti bo‘yicha chempioni jahon fifachilari maydonida taniqli bo‘lgan Maksim Plaxovni, luzerlar yarimfinalida Rossiya TOP-3da  Vyacheslav Alxazovni mag‘lub etib, vinerlar to‘ri g‘olibi Robert Faxretdinov kutib turgan turnir finaliga chiqdi.

fifa_28_09_2015_7

Double Elimination tizimi bo‘yicha  turnirlarning o‘ziga xosligi shundaki, luzerlar to‘ridan finalga chiquvchi  final ishtirokchisi ikki match ko‘proq o‘ynaydi va vinerlar to‘ridan final ishtirokchisi bir match ustunlikka ega (+1) bo‘ladi, aslida, final uchtagacha bir necha g‘alaba matchlari (BO3) bilan o‘tkaziladi. Shu tariqa, Muhamadamin ikki navbatdagi matchni o‘ynaguniga qadar, Robert Faxretdinov ikki soat mobaynida dam olishga muyassar bo‘ldi. Turnir reglamentga muvofiq juda qizg‘in o‘tdi. Moskva vaqti bilan soat 11-00da guruhiy turnirlar bosqichi (yettitagacha matchlar) boshlandi va deyarli tanaffuzsiz, 23-30da  birinchi o‘rin uchun final matchlari o‘tkazildi. Umumiy hisobda 13 soat mobaynida  Mahamadamin 15 match o‘tkazdi!!! Bu vaqtda bizning final ishtirokchimiz juda charchagan edi.

fifa_28_09_2015_8

Birinchi match natijasida Turgunboyev Muhamadamin o‘yinni 2:0 hisobida boy berdi, ikkinchisi esa 1:0 hisobida yakunlandi. Turnir g‘olibligiga rossiyalik Robert Faxretdinov erishdi va World Series of Video Games Maldives 2015 ga yo‘llanma olishga muyassar bo‘ldi.

fifa_28_09_2015_9

O‘zbek kiberfutbolchilarining chiqishlarini sarhisob qilib, shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, turnirda o‘yinchilarimiz o‘z xohishlari bilan xusisiy mablag‘lari hisobidan ishtirok etdilar. Ular homiylar va O‘zbekiston sport yoki davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlovni olmadilar. Bu yutuqlarga rag‘batlantirgan bo‘lardi!

FIFA o‘yini bo‘yicha milliy ligani muntazam o‘tkazuvchi Abdusapi Qayumov va Toshkent shahridagi «Alyans Arena» klubiga alohida minnatdorlik bildirishni istardik. U yerda eng yaxshi o‘nlab esportchilar muntazam ravishda, musobaqalashib, o‘z mahorat darajalarni oshirib boradilar. Mazkur klubda ham, hatto mamlakatimizda ham raqobat juda va juda yuqori.

Joriy yil sentabr oyida ICTWEEK Uzbekistan 2015 haftaligi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogida Turgunboyev Muhamadamin hatto milliy finalga ham chiqa olmaganini eslashning o‘zi kifoya!!! Futbol, hatto virtual bo‘lsada — bu ham  futboldir, unda ham ajoyib kutilmagan holatlar bo‘ladi. Aslida, MDH mamlakatlarining eng yaxshi fifachilari  15 matchda yuqori darajada o‘yinlarni namoyish etishi – bu tasadifiy holat emas! Bu mahoratga egalikdir!

So‘zsiz, fifachilarimiz WSVG CIS FINAL 2015 Moskva turnirida  MDH mamlakatlari o‘rtasida eng yashilardan biri bo‘ldilar va ularning muvaffaqiyatlari tasodifiy holat emas.

fifa_28_09_2015_10

Yigitlarimizni ajoyib o‘yinlari bilan tabriklaymiz va umid qilamizki, davlat sport tashkilotlari, ayniqsa, homiylar tomonidan esportchilarimizning jahondagi eng ommaviy va foydali sport simulyatori — FIFA bo‘yicha O‘zbekiston sportchilari shuhratiga e’tibor qaratiladi!!! Ularni qo‘llab-qquvvatlashimiz zarur!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq