Korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasini yaratish usullari
29.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Ulug‘bek Karimov, Bahodir Muminov, O‘ktam Karimov.

korp_29_09_2015

Оdatda elektron kutubxona tushunchasi axborot resurslarini yaratish, saqlash va samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi hamda Intrenet/Intranet tarmoqlari orqali taqdim qilinadigan integrallashgan axborot tizimi sifatida ta’riflanadi. Elektron kutubxona atamasi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda va har bir holda bu ta’riflarda o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida elektron kutubxonaga quyidagicha ta’rif berilgan: elektron kutubxona — axborot-kutubxona fondining elektron shakli.

Ba’zi bir mualliflar elektron kutubxona tushunchasini vaqt o‘tib borishi bilan turlicha talqin qilinishini ko‘rsatsalar, ba’zi birlari elektron kutubxona resurslari tarkibiga qarab elektron kutubxonaga ta’rif bermoqdalar. Elektron kutubxona tu­shunchasiga berilayotgan turli-tuman ta’riflar jamiyat iste’moli va axborotlashgan jamiyat talablari hamda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari rivoji asosida paydo bo‘lmoqda.

Elektron kutubxonalar rivojining zamonaviy yo‘nalishlaridan biri bu ochiq resurslar elektron kutubxonasidir. Ochiq resurslar — bu foydalanuvchilarga INTERNET/INTRANET tarmoqlari orqali hech bir shartlarsiz, bepul taqdim qilinadigan axborot resursla­ridir. Korporativ tarmoqdagi «ochiq resurslar» — bu Korporatsiya a’zolari ixtiyoridagi elektron resurslar hisoblanadi. Bu ochiq resurslarga bo‘lgan mualliflik huquqi quyidagilardan biriga mos kelishi mumkin:

  • Оchiq resurs faqat Korporatsiya a’zolariga bepul taqdim qili­nadi;
  • Ochiq resurs barcha foydalanuvchilarga taqdim qilinadi;
  • Ochiq resurs Korporatsiyaga a’zo bo‘lmagan foydalanuvchi­larga faqat shartnoma asosida taqdim qilinadi.

Integratsiyalashuv va Korporativlik ochiq resurslar elektron kutubxonalarga hos bo‘lgan xususiyatlardir. Ochiq resurslar elek­tron kutubxonalari integratsiyalashuvi deganda yagona axborot tizimi doirasida resurslar va servislarning birlashuvi tushuniladi. Resurslar va xizmatlar tarkibi qo‘yilgan maqsadga qarab tanlanadi. Оchiq resurslar elektron kutubxonasining korporativlik xususiyati ma’lum bir maqsadga (masalan, yig‘ma elektron katalog yaratish, hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish va boshqalar) erishish uchun axborot-kutubxona muassasalarining ixtiyoriylik tamoyili asosida birlashuvida ko‘rinadi. Korporativ tarmoqda ochiq elektron kutubxonani tashkil qilishda ishni dastlab, Korporatsiya a’zolari bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalaridan foydalanuvchilar qiziqishlarini o‘rganishdan boshlash zarur. Axborot-kutubxona muassasalari ma’lum bir maqsadni ko‘zlab ixtiyoriylik asosida birlasha­dilar. Korporativ elektron kutubxona «hamkorlikda elektron resurslar yaratish va ulardan birgalikda foydalanish» g‘oyasi asosida tashkil qilinadi. Korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasini yaratish bosqichlari:

  1. Elektron kutubxona fondini ochiq elektron resurslar bilan komplektlash.
  2. Elektron kutubxona katalogini shakllantirish.
  3. Elektron kutubxona orqali xizmat ko‘rsatish.
  4. Elektron axborot-kutubxona fondi to‘g‘risidagi statistik ma’lu­motlarni to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish.

Korporativ axborot tizimlari sohasidagi zamonaviy tendensiya­larga muvofiq ochiq resursli elektron kutubxonalar yaratishda qu­yidagilarga alohida e’tibor berish kerak:

  • Оchiq arxitektura — tizim servis modellari asosida qurilib, unda umumiy funktsionallik aniqlangan ma’lum bir servislar jamlamasi sifatida shakllanadi. Servislarning umumiy soni cheklanmagan.
  • Modullik — tizimni komponovka qilishda alohida modullardan foydalanganligi tufayli uni turli axborot so‘rovlariga mos kelishi ta’minlanadi. EK yaratishdagi mazkur yondoshuv modullarning funksional va interfeys jihatdan mos kelishini talab qiladi.
  • Mantiqiy mustaqillik — mantiqiy bog‘langan turli elektron axborot resurslar jamlamasini foydalanish uchun shakllantirishni ta’minlash. Telekommunikatsiya muhitida mantiqiy mustaqillik interoperabellik va dasturiy-texnik ta’minotning o‘zgarishidan va qurilmalarga bog‘liq bo‘lmasligida ko‘rinadi;
  • Fizik mustaqillik — yangi elektron resurslar qo‘shish, mavjud elektron resurslarni zarur bo‘lganda o‘chirish, fizik elektron resurslarni yangi muhitga ko‘chirib o‘tkazish;
  • Taqsimlanganlik — elektron axborot resurslarni va servislarni turli axborot-kutubxona muassasalari serverlarida joylashtirish. Elektron kutubxonani boshqarish huquqlari va vositalarini yetar­li darajada axborot-kutubxona muassasalari orasida taqsimlash imkoniyati.

Korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasini yaratishda elektron resurslarga bo‘lgan mualliflik huquqini inobatga olish elektron fondni shakllantirishda eng muhim omil­lardan biri hisoblanadi.

Quyida korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutub­xonasini tashkil qilish modeli keltirilmoqda. Korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasini tashkil qilish modeli.

korp_29_09_2015_1

Korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasi fondini shakllantirish algoritmi

  1. Korporativ tarmoqda ochiq elektron resurslardan foydalanib lokal tarmoqdagi elektron resurslar fondini shakllantirish, bi­rinchidan, foydalanuvchilarning talablariga ko‘ra kerakli adabiyotlar bilan fondni komplektlash jarayonini tezlashtiradi (skanerlash uchun sarf bo‘ladigan xarajatlarni keskin kamaytirish hisobiga), ikkinchidan, foydalanuvchilar lokal tarmoqdagi elektron resurslardan foydalanganda ortiqcha xarajatlarga (masalan, Internet orqali bir maqolani bir marta lokal tarmoqdagi elektron kutubxona bazasiga yuklab olish, bir necha foydalanuvchilarning Internet tarmog‘iga kirib bir maqolani bir necha marta takror yuklab olishlariga qaraganda ancha arzonga tushadi).
  2. Quyida ochiq axborot resurslari taqdim etuvchi axborot manbaidan kerakli hujjatlarni qidirib topish va lokal tarmoqdagi elektron kutubxonaga yuklab olish algoritmini ko‘rib chiqamiz.
  3. Ochiq jahon axborot resurslaridan biri (http://doaj.org): tanlab olinadi va bosh sahifasi ochiladi.

korp_29_09_2015_2

DOAJ bosh sahifasi

Izlanayotgan hujjat ochqich so‘z yordamida qidiriladi:

korp_29_09_2015_3

Qidirilayotgan hujjatga tegishli ochqich so‘zini kiritish maydoni.

Topilgan natijalar orasidan kerakli hujjat yuklab olinadi:

korp_29_09_2015_4

Topilgan natijani yuklab olish

korp_29_09_2015_5

Yuqorida ko‘rsatilgan gipperhavola bosilgandan so‘ng ochilgan oyna

korp_29_09_2015_6

To‘liq matn ko‘rish yoki ko‘chirib olish imkoniyati

DOAJ ochiq resurslar platformasi bo‘lganligi sababli bu yerda havola qilinadigan resurslarning aksariyati ochiq ko‘rinishda beriladi.

  1. Yuqorida ko‘rsatilgan «down­load this pdf file» giperhavolasi bosilganda pdf formatidagi to‘liq matn ko‘chi­rib olinadi.
  2. Agarda mualliflik huquqi to‘liq matnni ko‘chirib olish imkoniyatini bermasa, to‘liq matn­ning bibliografik tasvirini shakllantirib unga adresning giper­havolasini ham berib qo‘yish mumkin.
  3. Ochiq elektron axborot resurslari yuklab olingandan so‘ng ularni kataloglashtirish jarayoni boshlanadi.
  4. ARMAT tizimining kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ish o‘rni (AIO‘) ishga tushiriladi.

korp_29_09_2015_7

Kataloglashtiruvchining AIO‘

Elektron katalog tugmasi bosish orqali elektron katalog ochiladi.

korp_29_09_2015_8

ARMAT tizmidagi elektron katalog oynasi

korp_29_09_2015_9

Ochiq elektron resurslarni kataloglashtirish

Оchilgan oynada rasmda ko‘rsatilgan «yangi adabiyot qo‘shish» tugmasi bosiladi va yangi adabiyotning bibliografik ma’lumotlar kiritiladi: Kiritilayotgan yangi adabiyotning turiga qarab kataloglashtirish jarayoni amalga oshiriladi.

To‘liq matn turgan joyning adresi «OBZOR» tugmasi yordamida kiritiladi va to‘liq matnli elektron kutubxona bazasiga kiritiladi. Shunday qilib, korporativ tarmoqda ochiq resurslar elektron kutubxonasi fondini shakllantirishni ko‘rib chiqdik.

Elektron fond bunday usulda tashkil qilinganda, foydalanuv­chilar talabini hisobga olgan holda fondini shakllantirish vaqti qisqaradi va eng asosiysi fondni shakllantirish xarajatlari keskin kamayada.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Земсков А. И., Шрайберг Я. Л. Электронные библиотеки: Учебн. пособие для студентов ун-тов и вузов культуры и искусств и др. учебн. заведений /А. И. Земсков, Я. Л. Шрайберг. — М., 2001. — 92 с. — Библиогр.: 34 назв
2. Племнек А. И., Соколова Н. В. Интеграция и корпоративность электронных библиотек, МГИК, ГПНТБ, М.: 2001
3. Rahmatullayev M. A., Karimov U. F., Islomova H. E., Korporativ axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi (KARMAT-U): Uslubiy qo‘llanma. — Toshkent: KOMRON PRESS, 2012. — 113 b.
4. Rahmatullayev M. A. Elektron nashrlarga oid mualliflik huquqi. — Toshkent. — 2013. — 125 b.
5. Rahmatullayev M. A., Karimov U. va boshqalar. Axborot-kutubxona muassasalarining avtomatlashtirilgan tizimi: uslubiy qo‘llanma. — Toshkent. — Online Press, 2014. — 229 b.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq