Iste’molchilarga sifatli pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatish zamon talabi
29.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Farhod Musayev.

Pochta aloqasi xizmatlari deganda tarixning uzoq o‘tmishini qamrab oluvchi, o‘tmishda she’riyat, adabiyot va san’atning keng tarqalishida hamda insonlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni ta’minlashda asosiy vosita sifatida qo‘llanilgan soha ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunga kelib, insoniyat tomonidan yangi axborot texnologiyalarining kashf qilinishi, internet tarmog‘ining yaratilishi natijasida insonlar o‘rtasida o‘zaro axborotlar almashish juda tezamalga oshirilmoqda.

Shunga qaramay, xat-xabarlar hamon o‘z mavqeiga ega, ammo xat-xabarlar o‘z vaqtida oluvchilarga yetkazilsagina, o‘z o‘rnini saqlab qolishini yodda tutish lozim. Iste’molchilarga sifatli pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda, jumladan, Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan hududda yozma xat-xabarlarning nazorat muddatlarida o‘tishini nazorat qilish maqsadida, 2015-yilning 8 oyi davomida Toshkent shahri bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» AJ «Toshkent pochtamti» filiali(Filial)ning pochta aloqasi tarmoqlari, aloqa bo‘limlari va pochta qutilari orqali jami 70ta, jumladan, 35ta buyurtmali va 35ta oddiy nazorat xatlari jo‘natilib, pochta aloqasining universal xizmatlari monitoringi o‘tkazildi.

ist_29_09_2015

Monitoring jarayonida jo‘natilgan 70ta nazorat xatlardan 7ta buyurtmali xatlar, ya’ni 10 foizi, ko‘rsatilgan manzilga belgilangan nazorat muddatidan kechiktirib yetkazilishi; 4ta oddiy nazorat xatlari, ya’ni 11,4 foizi, pochta qutisidan 1 kundan 6 kungacha belgilangan muddatdan kechiktirilib olinishi; 5ta buyurtmali nazorat xatlari, ya’ni 7,1 foizi oluvchilarga topshirish joyidagi aloqa bo‘limiga kelib tushgandan keyin 1 kundan 5 kungacha egalariga kechiktirib yetkazilishi holatlari guvohi bo‘lindi.

Shuni ta’kidlash joizki, monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini oshirish va xatlarning nazorat muddatlarida o‘tishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan har oyda Filialga ma’lumotlar taqdim etilib kelinmoqda.

ist_29_09_2015_1

Inspeksiyaning 2015-yil 3-fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida profilaktika ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi» 33-sonli buyrug‘iga binoan, Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan joriy yilning mart oyida Filialning Sug‘urta pochta uchastkasi va may oyida Mirzo Ulug‘bek tumanlararo pochta aloqasi tarmog‘i xodimlari o‘rtasida qonun va normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga asosan, joriy yilning iyul oyida Filialning Mirzo Ulug‘bek tumanlararo pochta aloqasi tarmog‘iga qarashli 37ta aloqa bo‘limlari boshliqlari, avgust oyida Chilonzor tumanlararo pochta aloqasi tarmog‘iga qarashli 39ta aloqa bo‘limlari boshliqlari va Sirg‘ali tumanlararo pochta aloqasi tarmoqlariga qarashli 41ta aloqa bo‘limlari boshliqlari ishtirokida pochta aloqasi xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida, qonun va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi yuzasidan profilaktika ishlari o‘tkazilgan.

Inspeksiyaning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Ochiq eshiklar kuni» va profilaktika tadbirlari natijasida Toshkent shahri hududida xizmat ko‘rsatayotgan Filialning pochta aloqasi obyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan pochta aloqasi xizmatlari sifati yaxshilanib borayotganligi va o‘tkazilayotgan monitoring natijalarida aniqlangan kamchiliklarning oydan-oyga kamayib bora-yotganligini ko‘rsatmoqda hamda amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasi besamar bo‘lmayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq