«O‘zbektelekom» AK O‘zbekiston tarixiy va madaniy merosi va faol turistik hududlarida Wi-Fi tarmog‘i loyihalarini rivojlantirishni davom ettirmoqda
26.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ICT WEEK Uzbekistan-2015 haftaligi doirasida, 2015-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida «AKT va turizm» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur konferensiyada tarixiy va madaniy meros obyektlari hududlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan faol turistik jamoat obyektlarida simsiz abonentlik radiulanish tarmoqlarini tashkil etish bo‘yicha loyihasini yanada rivojlantirish rejalarini taqdim etdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining quyidagi Qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi PQ-1940 sonli «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 26-fevral 618-I sonli «O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida»gi Qarori.
    3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-noyabrdagi 294-sonli «2013-2015 yillarda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-avgustdagi 01-02-4-10 sonli «2013-2015 yillarda Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrini qayta qurish va rekonstruksiyaqilish bo‘yicha kompleks choralar dasturi to‘g’risida”gi 31-sonli Qarori.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-sentabrdagi 259-sonli «2013-2015 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi Qarori.

2014-yilda «O‘zbektelekom» AK Xorazm viloyatida taarixiy muzey shahri «Ichan Qal’a»da optik aloqa kanallarini tashkil etish va tegishli radiouskunalarini o‘rnatish yo‘li bilan simsiz abonentlik radioulanish test hududi foydalanish uchun ishga tushirildi.

Simsiz Wi-Fi-tarmog‘idan test uchun foydalanish natijalariga ko‘ra, respublikamiz mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida tarixiy va madaniy meros obyektlarida, shuningdek, turistik hududlar, mehmonxona, aeroport va vokzallarda simsiz Wi-Fi-tarmog‘ini qurish tijorat loyihasi amalga oshirildi.

uz_25_09_2015_1

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK tomonidan Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha Internet tarmog‘iga ulanishni taqdim etuvchi uskunalarni barcha montaj va sozlash ishlari yakuniga yetdi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to‘lovli kartalar chiqarildi.

Foydalanuvchilar Wi-Fi tarmog‘iga bir karta yordamida «O‘zbektelekom» AK Wi-Fi tarmog‘i mavjud bo‘lgan barcha obyektlarda Internet xizmatidan foydalana olishlari ularga taqdim etilgan qulaylik bo‘lib hisoblanadi. «O‘zbektelekom» AK Wi-Fi tarmog‘iga qoplamasi mavjud bo‘lgan hududda agar abonent, masalan, kartani Xivada sotib olgan bo‘lsa, undan Termizda ham, Qarshi va Shahrisabzda hamda boshqa joylarda ham foydalanishi mumkin.

Hozirgi vaqtda «O‘zbektelekom» AK Wi-Fi tarmog‘iga ulanish qoplama hududi quyidagi 27ta obyektda mavjud:

  • Xorazm viloyati: Muzey «Ichan Qal’a», Urganch shahri aeroporti, Urganch shahri Markaziy temir yo‘l vokzali;
  • Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Abdulaziz” madrasasi, “Al Jarroh” majmuasi, Qarshi shahri O‘lkashunoslik muzeyi, “Shahrisabz” mehmonxonasi, “Dorus-Saodat” majmuasi, “Oqsaroy” majmuasi, “Ko‘k gumbaz” majmuasi, Amir Timur muzeyi;
  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahri aeroporti va temir yo‘l vokzali, “Meridian” mehmonxonasi, “Surxon” mehmonxonasi, “At Termiziy avliyo ota” tarixiy majmuasi,;
  • Toshkent viloyati: “Chinaras” restorani, “Xumsonli” dam olish zonasi, “Archazor” dam olish zonasi, “Xo‘jakent” dam olish zonasi, “Yangiobod Chotqol Marvariti” dam olish zonasi, “Kumushkon” dam olish zonasi, «Gornyak» MTMK dam olish zonasi, «Kichik Chimyon» dam olish zonasi, Chimyon Chimyon osma o‘rindiqli yo‘l.

Mazkur loyiha rivojida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda 2015 va 2016-yillarda Samarqand, Buxoro va Toshkent shahrida Wi-Fi hududlari ishga tushiriladi.

Obyektlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan:

  • Buxoro viloyati: Buxoro shahri aeroporti, temir yo‘l vokzali, «Poyi Kalon» majmuasi, «Labi hovuz» ansambli, «Toki Telpakfurushon» majmuasi, «Toki Telpakfurushon» majmuasi, «Toki Zargaron» majmuasi, «Abu Ali ibn Sino» saylgohi, «Ark» qal’asi, «Sitorai Mohihosa» saroyi, «Bahovuddin Naqshbandiy» maqbarasi.
  • Samarqand viloyati: Samarqand aeroporti va vokzali, «Siyob» bozori, «Afrosiyob» muzeyi, Amir Temur maqbarasi, «Registon» maydoni, «Shohi Zinda» ansambli, «Imom al Buxoriy» majmuasi, «Bibixonim» madrasasi, «Xoja Doniyor» maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekiston tarixi va madaniyati muzeyi, «Xo‘ja Ahror Vali» majmuasi, «Hazrati Xizr» madrasasi.
  • Toshkent shahri: «Amir Temur» maydoni, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Davlat amaliy san’at muzeyi, Toshkent aeroporti va vokzali, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, hayvonot bog‘i, Alisher Navoiy nomidagi DAKT, Mirzo Ulug‘bek nomli istirohat bog‘i, G‘afur G‘ulom nomli istirohat bog‘i va to‘rtta restoran.

Umumiy hisobda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi va turisttik jihatdan faol 40tadan ortiq obyekt Internetga yuqori tezlikda simsiz ulanish bilan qamrab olinadi.

Kompaniya rejalariga O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab Wi-Fi tarmog‘ini kengaytirish kiritilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq