“Ustozingni radioaktiv tarzda tabrikla!” nomli aksiya
22.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uRadio.uz ta’limiy internet radio tahririyati barcha xohlovchilarni o‘z ustoz-murabbiylarini tabriklashga taklif etadi. Sizning tabrik so‘zingiz butun Internet tarmog‘i orqali yangrab, u tinglash va yuklab olish uchun nashr etiladi.

Bu aziz ustozlar uchun eng yaxshi ijodiy va zamonaviy tabriknoma bo‘lib, uni radio orqali translyatsiya qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, u sinfdoshlaringiz va ularning ota-onalari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarida keng targ‘ib qilinadi.

Aksiya shartlari:
1. Tabriknoma ijodiy, quvnoq, she’riy yoki musiqiy tarzda bo‘lishi kerak. Xohishingizga qarab, gitara, doira, baraban, dutor bilan kelishingiz mumkin.
2. Tabriklovchilar soni to‘rt kishidan kam bo‘lishi kerak emas.
3. Aksiya 22-sentabrdan 5-oktabrgacha o‘tkaziladi. Tabriknomani yozish uchun xohlagan ish kunida, 238-42-28 telefon raqamlari orqali vaqtini kelishilgan holda kelishingiz mumkin bo‘ladi (efir muharriri Zalina Omariyeva).
4. Internet texnologiyalardan foydalanuvchi eng yaxshi tabriknomalar va eng faol ta’lim muassasasi (maktab/kollej/litsey/oliy ta’limmuassasalari) maxsus sovrinlar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, eng mashhur tabriknomalar yozuvlari ham sovrinlar bilan taqdirlanadi.
5. Aksiya jarayoni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib, tabriklovchilarning rasmlari bizning yulduzlar galereyamizdan o‘rin oladi.

O‘qituvchilar, murabbiylar va ustozlaringizni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda butun dunyoga, ajoyib, ijodiy, ommaviy tarzda tabriklang. Ushbu usuldagi tabriknoma – o‘qituvchi uchun eng yoqimli sovg‘a bo‘ladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq