Toshkent shahar hokimiyatida AKT bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi
22.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

akt_22_09_2015

Bugungi kunga kelib O‘zbekiston hududida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi va “elektron hukumat” tizimini joriy etish, shu bilan birgalikda hayotga tatbiq etish ishlari jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilishi mamlakatda iqtisodiyotning o‘sishi hamda ijtimoiy muammolarni hal etilishiga umid bog‘lamoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bugungi kunda ilm-fanning taraqqiy topishiga, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida o‘sishni hamda davlat organlari ish faoliyati samarasini oshishi va ularning jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi.

Bu borada Toshkent shahar hokimiyati tomonidan olib borilayotgan ishlarni sarhisob qiladigan bo‘lsak, sezilarli o‘zgarish va yutuqlarga erishilayotgani quvonarli hol, albatta. Jumladan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil 16 yanvarda Respublika Hukumatining 2014 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hamda Toshkent shahrida AKTni rivojlantirish bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarning manzilli dasturi ijrosi bo‘yicha 2015 yilning 1-yarim yilligi davomida Toshkent shahrida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Mazkur davr ichida internet tarmog‘idan foydalanuvchi abonentlar soni Toshkent shahri bo‘yicha 1447 ming 428 tani, ya’ni joriy yil boshiga nisbatan 101,6%ni tashkil etadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Internet tarmog‘iga ulanish ko‘rsatgichi 11 ming 675 tani tashkil etdi.

So‘nggi vaqtlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada joriy yilning 15 mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4725-sonli farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmon mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash barobarida, jamiyatda tadbirkorlik faoliyatini amlaga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratadi.

“Tadbirkorlik sub’ektlarini internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yhatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish” bo‘yicha Toshkent shahridagi barcha tuman xokimliklari qoshidagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yhatga olish inspeksiyalari internet tarmog‘iga ulandi. Tuman hokimliklari qoshidagi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari”ga 2015 yilning 1-yarim yilligi davomida 2045 ta arizalar kelib tushgan, 1989 nafar tadbirkorlar internet orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘rsatilayotgan Davlat xizmatlarini Interaktiv tarzda yo‘lga qo‘yish maqsadida Hokimiyat portali – www.toshkent.uz manzilida 31 ta interaktiv xizmatlar, jumladan 12 ta bazaviy hamda 19 ta qo‘shimcha interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birgalikda 12 ta bazaviy hamda 7 ta qo‘shimcha interaktiv xizmatlarning ikki tomonlama ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, 2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili munosabati bilan shahar hokimiyatining rasmiy veb-saytida “Katta yoshdagi nogironlarning reabilitatsiya markaziga order olishlari uchun elektron ariza taqdim etish” interaktiv xizmati joriy etildi. Bundan tashqari, “Lizing hizmatlari bo‘yicha axborotlar taqdim etish”, “Oilalar uchun mavjud ijtimoiy nafaqalar haqida ma’lumotlar taqdim etish”, “Ommaviy tadbirlarni tashkil qilish uchun ruxsatnomalar olish” bo‘yicha interaktiv xizmatlar ham foydalanish uchun ishga tushirildi.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab joriy etilgan my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham Toshkent shahar hokimiyati tomonidan fuqarolarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Bugungi kunda Toshkent shahar hokimiyatining Yagona portal (my.gov.uz) orqali taqdim etilayotgan xizmatlar soni 21 tani tashkil etmoqda. Toshkent shahar va tuman hokimliklariga Yagona portal (my.gov.uz) orqali fuqarolardan jami 11000 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan va murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinishi, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va javob berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga qulayliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy extish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda “Maxsustrans” IChB rasmiy veb-sayti www.maxsustrans.uz yaratildi. Abonentlarni shaxsiy kabineti tashkil etilib, interaktiv xizmatlari joriy etildi. Bugungi kunda mazkur veb-sayt xizmatlarini Yagona portalga integratsiya qilish ishlari olib borimoqda.

Bundan tashqari, “Toshissiqquvvati” IChBning www.teploenergo.uz sayti yaratildi va hozirda saytni takomilashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 1S–billing tizimlari mustaqil integratsiya qilish imkoniyatini ta’minlovchi “web-Billing” veb-servis hamda “SCADA” yangi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari joriy etildi. Mazkur veb-servis hozirgi kunda test rejimida ishlamoqda.

Toshkent shahar hokimligining o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi sohasida amalga oshirgan salmoqli ishlarini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan o‘quvchilarning o‘qishga kelib ketish davomatini tekshirish va doimiy nazorat o‘rnatish maqsadida Toshkent shahridagi mavjud 120 ta ta’lim muassasidan 61 ta ta’lim muassasiga turniketlar o‘rnatildi va “Davomad” axborot tizimi joriy etildi.

Toshkent shahar hokimligi hamda tuman hokimliklari va tegishli boshqarmalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarda Kompyuterlashtirish markazining qo‘shayotgan hissasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Amirjon Nosirov, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq