ICTEXPO 2015 о‘z ishiga yakun yasadi!
22.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ict_21_09_2015

15-17 sentabr kunlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida, bir vaqtning o‘zida, Toshkent va Samarqand shaharlarida An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazma eksponentlari sonini Toshkent shahrida 120tadan ortiq kompaniya va Samarqand shahrida 50ta kompaniyani tashkil etdi. Har ikki shahrdagi jami qurilgan stendlar umumiy maydoni 2000 kv.m.ni tashkil etdi. Toshkent shahrida uch va Samarqand shahridagi ikki kun mobaynida 18 mingdan ortiq tashrifchilar bo‘ldilar. Ko‘rgazma yakunlariga muvofiq tashkilotchilar quyidagi natijalarni ma’lum qildilar.

Toshkent shahridagi ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasi nominatsiyalari:

  • «Stendning eng yaxshi dizayni uchun» — «LG CNS UZBEKISTAN» QK MCHJ
  • «Eng innovatsion stend uchun» — «AVTOTEST REPORT» MCHJ
  • «Eng yaxshi texnik jihozlangan stend uchun» — «EAST TELEKOM» MCHJ
  • «Stendning eng yaxshi axborot ta’monoti» — «Polymedia» AJ Kompaniyasi
  • «Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend uchun» — («O‘zbektelekom» AK) UZMOBILE filiali
  • «Yoshlar tanlovi» — «UNITEL» MCHJ
  • «Eng yaxshi reklama kampaniyasi uchun» — «Huawei Tech. Investment Tashkent» XK MCHJ
  • «Eng yaxshi personal stend uchun» — ООО «Mediabay Asia»
  • «Tashrifchilar olqishi sovrini» — UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi
  • «Kichik biznes va tadbirkorlik sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shganligi uchun» — «SSP — Maroqand» UK 

Samarqand shahridagi ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasi nominatsiyalari:

  •  «Eng yaxshi texnik jihozlangan stend uchun» — «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali
  • «Stendning eng yaxshi axborot ta’monoti uchun» — TATU Samarqand filiali
  • «Eng ko‘p tashrif buyurilgan stend uchun » — «Coscom» «UCELL-Samarqand» XK MCHJ mintaqaviy filial
  • «Stendning eng yaxshi dizayni uchun» — «VERBATIM» kompaniyasi
  • «Eng yaxshi personal stend uchun» — Samarqand  axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
  • «ICTEXPO 2015 mintaqaviy ko‘rgazmasining eng faol ishtirokchisi» — «East Telecom» QK.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq