Biznes jarayonlarini takomillashtirish tashqi savdo tartibini soddalashtirishda samarali vosita sifatida
22.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

biz_22_09_2015

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish yo‘lida ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish va qulay sharoit yaratish O‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasidagi ustuvorliklardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati tomonidan investitsion holatni yaxshilash, eksportni kuchaytirish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida bir qator qonun va normativ hujjatlar qabul qilingan.

Bu bilan birga, xalqaro tajribalarning tahlili shuni ko‘rsatadi-ki, biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish va tashqi savdo tartiblarini soddalashtirishda biznes jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirish kontseptsiyasi asosidagi Business Process Modeling Notation (BPMN-biznes jarayonlarini modellashtirish uchun shartli belgilar/notatsiyalar tizimi) metodolgiyasini qo‘llanilishi eksport/import uchun ruhsat hujjatlarini berish jarayonini takomillashtirishda samarali usullardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishda BMT Rivojlanish Dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi tomonidan “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish” GITs Dasturi hamkorligida xalqaro mutaxassis A. Kuznetsovni (Latviya) jalb qilgan holda eksport/import jarayonlari bo‘yicha ruxsatnomalar berishga qaratilgan biznes jarayonlarini soddalashtirish va reinjiniring qilish masalalariga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati mobaynida xalqaro mutaxassis tomonidan BPMN metodologiyasi qo‘llash orqali fitosanitariya sertifikati, sanitar-gigiyenik xulosa, muvofiqlik va kelib chiqish sertifikatlarini olish jarayonlarini soddalashtirilgan variantlari taqdim etildi. Biznes jarayonini soddalashtirish uchun ekspert tomonidan qo‘llanilgan uslub va jihatlar ishtirokchilarda alohida qiziqish o‘yg‘otdi.
Yuqorida qayd etilgan sertifikatlarni takomillashtirilgan berish jarayoni variantlarni ko‘rib chiqish natijasida ularni soddalashtirish borasida bir qator imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Bular, murojaat etuvchilar bilan muloqot, moliyaviy-xo‘jalik masalalari yechimiga ketadigan vaqtni qisqartirish va umuman olganda, butun jarayon bandlarini soddalashtirish kabilardir.

Xususan, reinjiniring uslublarini qo‘llash natijasida kelib chiqish sertifikatlarini 30 foizga (avtomatizatsiyada — 87%), muvofiqlik sertifikatini -38 foizga (avtomatizatsiyada-77%), sanitariya-epidemioldogik xulosani – 6 foizga (avtomatizatsiyada -81%), fitosanitariya sertifikatini -34 foizga (avtomatizatsiyada -81 foiz)gacha berish jarayonlarini soddalashtirish mumkinligi e’tirof etildi.

Davra suhbatida Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi qoshidagi Respublika o‘simliklar karantini bosh davlat inspektsiyasi, Sog‘liqni saqlash Vazirligi qoshidagi davlat sanitariya-epidimiologiya nazorati Markazi, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekekspertiza” OAJ, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi hamda BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish”, “O‘zbekiston biznes forumi” va “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihalarining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Davra suhbatining natijalariga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazining bo‘lim boshlig‘i I. Nasrullaev xalqaro ekspert olib borgan ishlarni yuqori baholab, biznes jarayonlarni takomillashtirish hisobiga vazirlik va idoralarning faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni kelgusida amaliy qo‘llanishida qiziqish bildirdi. “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish – III bosqich” mintaqaviy loyihasining O‘zbekistodnagi milliy komponenti. Ushbu loyiha davlat organlarini xalqaro va mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha salohiyatini yanada oshirish, savdoga ko‘maklashuvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash, aholining savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyatini va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or usullarni amaliyotga tatbiq qilish orqali aholi daromadlarini oshirish va yangi ish joylarini yaratishda yordam berishga qaratilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq