AQSh delegatsiyasi E-SUD tizimidan foydalanish ko‘lami kengayishi haqida bevosita ma’lumot oldi
22.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Oxirgi ikki yil mobaynida Zangiota tumanlararo sudi muvaffaqiyatli tarzda E-SUD elektron sudlov tizimidan foydalanib kelmoqda. E-SUD tizimi bugungi dinamik tarzda o‘zgaruvchan muhitga mos fuqarolar bilan ishlashning ular uchun qulay bo‘lgan shakllarini joriy etishga doimiy ravishda intiluvchi sudya va sud xodimlariga ko‘mak bermoqda. E-SUD fuqarolarga veb-xizmatlaridan foydalanib dunyoning istalgan nuqtasigan sudga murojaat qilish imkonini beradi, — buning uchun barcha kerak bo‘lgani bu Internetga bog’lanishdir. Tizim elektron shaklda sud hujjatlaridan tezda foydalanish va ko‘rilayotgan ish bo‘yicha barcha o‘zgarish va yangilanishlarni kuzatib borish imkonlarini yaratib beradi.

Ayni paytda fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxantoxur, Mirzo-Ulug‘bek va Yakkasaroy sudlarida mazkur tizimni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ko’rildi, mahalliy tarmoqlar tortildi va ular kerakli uskunalar bilan jihozlandi. Loyiha tomonidan kassatsiya va apellyatsiya instansiya sudlari uchun qo‘shimcha dasturiy ta‘minot ishlab chiqilmoqda. E-SUD tizimi uning harakatchanligi va dolzarbligini ta’minlash uchun muntazam ravishda yangilanib boradi. Tizimga kiritilgan eng so‘nggi yangiliklar bu da‘vo, shikoyat asosida va maxsus ish yuritish bo‘yicha qo‘shimcha funktsiyalar integratsiya etilishi hamda statistik hisobotlar shakllantirish imkoniyati yaratilishidir. Kassatsiya va apellyatsiya instansiya sudlari uchun qo‘shimcha dasturiy ta’minot ishlab chiqilmoqda. Yaqin kunlarda sudyalar va sud xodimlari, tashqi manfaatdor tomonlar va jamoatchilik uchun bir qator o‘quv tadbirlarini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Bu ishlarning borishini namoyish etish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo-Ulug‘bek tumanlararo sudi AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo`yicha yordamchisi o`rinbosari Daniel Rozenblyum, AQShning O‘zbekistondagi Elchisi Pamela Spratlen va BMT Tdning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Xolmo‘min Yodgorov qabul qildi. Tashrif chog‘ida mehmonlar va mahalliy sudyalar fuqarolarning yanada takomillashtirilgan odil sudlov tizimidan keng foydalanishini ta’minlash haqida suhbatlashishdi, hamda E-SUD tizimi sud va sudyalarni fuqarolik nizolarni shaffof va samarali tarzda hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlab berayotganligiga ishonch hosil qilishdi.

E-SUD tizimini qo‘llashni keng yoyishga qaratilgan faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik»qo‘shma loyihasi doirasidagi sermahsul hamkorlikning ko‘plab javhalaridan biridir. Loyiha birinchi navbatda Oliy sudga jamiyat ishonchini mustahkamlash, hamda oshkoralik, qonun ustuvorligi va fuqarolik sud ishlarini yuritishda xalqaro e’tirof etilgan standartlarga rioya etish borasida salohiyatini oshirishga ko‘mak beradi. Loyiha shuningdek BMTning O‘zbekiston Respublikasiga ko‘maklashish bo‘yicha Doiraviy hujjatida belgilangan sudlov tizimidan teng foydalanishni kengaytirish, oshkoralik, adolatlilik va odil sudlov tizimining samaradorligini qonun ustuvorligini ta’minlash uchun yaxshilashga qaratilgan maqsadi, hamda fuqarolik sudlovini isloh qilish sohasida O‘zbekistonning o‘rta muddatli ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan fuqarolik ishlarini yuritishni soddalashtirishga erishish borasida ulush qo‘shmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq