InfoCOM.UZ nashriyoti «Bolalar kitobi» II Respublika festivalida
21.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

book_20_09_2015

2015-yil 17-sentabr kuni Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida, «Turkiston» san’at saroyida, shuningdek, Nukus shahri hamda barcha viloyatlar markazlarida  «Bolalar kitobi» II Respublika festivali bo‘lib o‘tdi.

book_20_09_2015_1

«Bolalar kitobi» II Respublika festivali nafaqat poytaxtda, balki bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida ham o‘tkazilmoqda. Festival turli tadbirlar bilan 17-19 sentabr kunlari davom ettirildi. Nashriytimiz tahririyati ham G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘idagi tabirlarda ishtirok etdi.

book_20_09_2015_2

Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘magida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Yozuvchilar uyushmasi, «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi.

«Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod — yurt kelajagi!» shiori ostida o‘tkazilayotgan «Bolalar kitobi» II respublika festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad:

— mustaqillik yillarida adabiyot, madaniyat va noshirlik sohalarida qo‘lga kiritgan yutuq va marralarimizning ma’no-mohiyatini hamda bolalar adabiyotini rivojlantirish, farzandlarimiz ma’naviyatini yuksaltirishga, qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashga davlat darajasida berilayotgan e’tiborni keng jamoatchilikka yetkazish;

— o‘sib kelayotgan avlodni milliy mustaqillik g‘oyalari va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirish,

— yoshlarning milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini, kitobga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yanada shakllantirib borishga hissa qo‘shish;

— bolalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy-badiiy jihatdan yetuk adabiyotlar salmog‘ini ko‘paytirish hamda bolalar adabiyotiga ixtisoslashgan nashriyotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdir.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan 2015-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 111 ta nashriyot, 1650ga yaqin matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Respublika nashriyotlari tomonidan har yili uch mingdan ortiq nomdagi, umumiy adadi 45 mln. nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilmoqda. Bugun yurtimizda nashr etilayotgan adabiyotlarning har uchtadan bittasi bevosita bolalarga bag‘ishlangan nashrlardir.

book_20_09_2015_3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-apreldagi «2010-2015 yillarda bolalar va o‘smirlarni ma’naviy kamol toptirishga yo‘naltirilgan noshirlik mahsulotlarini nashr etish dasturi to‘g‘risida» 75-son qarori doirasida o‘tgan yillarda o‘zbek adabiyoti; jahon adabiyoti; ensiklopedik va ajdodlarimizning ma’naviy jasorati, qahramonliklariga bag‘ishlangan adabiyotlar yo‘nalishlarida sara kitoblar nashr etilib, o‘quvchilar qo‘liga yetkazib berildi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda «Yangi asr avlodi» nashriyot-matbaa markazi tomonidan «Kamolot kutubxonasi» ruknida 2013-2015 yillarda 70taga yaqin o‘zbek va jahon klassik adabiyoti vakillarining asarlari nashrdan chiqdi.

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi «O‘zbek adabiyoti xrestomatiyasi» ruknida maktab darsliklariga kiritilgan o‘zbek va jahon adiblarining 44 nomdagi asarlarini nashr etishni boshladi.

«Bolalar kitobi» II respublika festivalida yurtimizda faoliyat yuritayotgan 60dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari o‘z kitob mahsulotlari bilan faol ishtirok etdilar. Bayram kunlarida ishtirokchi nashriyotlar tomonidan so‘nggi yillarda chop etilgan 200dan ortiq nomdagi yangi kitoblarining taqdimotlari, Xalq shoirlari va yozuvchilari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va yosh ijodkorlarning ijodiy uchrashuvlari va mushoiralar, o‘nlab taniqli va yosh-iste’dodli adib va shoirlar hamda noshir va matbaachilar bilan muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Madaniyat va istirohat bog‘ining turli hududlaridagi maxsus maydonchalarida ishtirokchi-nashriyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi yillarda nashr etilgan asarlari ko‘rgazmasi, nufuzli xalqaro kitob ko‘rgazmalarida sovrinli o‘rin egallagan kitoblar taqdimotlari tashkil etildi

book_20_09_2015_4

infoCOM.UZ nashriyoti 2002-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Nashriyot bosh muharriri Ma’rufa Xasanovna Azizova Bayram tashrifchilariga  jurnallar, kitoblar, darslik va boshqa bosma mahsulotlarimizni taqdim etdi.

Tadbirlarda «Eng yaxshi yosh kitobxon», «Mening birinchi kitobim», «Atrof-olam muhofazasi — salomatlik garovi», «Kitob — eng yaxshi sovg‘a» va boshqa mavzularida sovrinli intellektual o‘yin va viktorinalar, «Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?» mavzuida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Shu bilan birga, nashriyotlar tomonidan «Bolalarga kitob o‘qishga mehr uyg‘otishda ota-onalarga maslahatlar» nomli flayerlar tarqatildi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan jalb etilgan Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Respublika Davlat qo‘g‘irchoq teatrining spektakllaridan sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturlari namoyish etildi.

«Bolalar kitobi» II respublika festivali doirasida «Turkiston» saroyi sahnasida festivalga bag‘ishlangan alohida ssenariy asosida tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq