AKT bo‘yicha Sammit o‘tkazildi
20.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

ict_20_09_2015

18-sentabr kuni Xalqaro biznes-markazida AKT Haftaligi tadbirlarini yakunlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Sammiti – AKT Sammit 2015 bo‘lib o‘tdi.

AKT Sammit – bu mamlakatimiz axborot texnologiyalari bozori uchun eng muhim hodisa bo‘lib, uning oldiga qo‘yilgan vazifalar butun jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ulanish doirasini kengaytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha global maqsadlarga muvofiq keladi.

AKT Sammit bu yil o‘zida Rossiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Koreya, Belgiya, Qozog‘iston, Isroil, Xitoy, Shveytsariya va boshqa mamlakatlardan 400ga yaqin tadbirkorlar, rahbarlar va mutaxassislarni jamladi. Sammit ishida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi davlat boshqaruv organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro ekspertlar hamda tahlilchilar, mamlakatimiz va chet elning yirik IT-kompaniyalari vakillari, shuningdek, BMT, Xalqaro elektr aloqa kengashi (XEAK) va belgilangan nom va manzillar bo‘yicha Internet-korporatsiyalar (ICANN) kabi xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdilar.

Ma’ruzalarning umumiy mavzusi AKTni boshqarish siyosati yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlari, milliy rivojlanish dasturini amalga oshirish yutuqlari va muammolari, iqtisodiyotning tayanch sohalariga AKT joriy etish tajribasi va boshqa yanada dolzarb masalalarni qamrab oldi.

AKT Sammiti 2015da quyidagi: «Elektron hukumat rivojlanishi», «Iqtisodiyot tarmoqlariga AKTni joriy etish», «Internetni boshqarish» va boshqa asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi. Tadbir yakunida fikrlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi hamda Sammit rezolyutsiyasi shakllantirilib, qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq