Richard Kerbi: davlat organlari fuqarolar bilan samarali muloqot o‘rnatishlari shart
17.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

kerbi_17_09_2015

BMTning iqtisodiy va ijtimoiy ishlari bo‘yicha departmentining Bosh maslahatchisi Richard Kerbining yurtimizga tashrifi mobaynidagi davlat organlari bilan uchrashuvi davom etmoqda. 16-sentyabr kuni janob Kerbi Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus kasb-ta’lim markazi vakillari bilan uchrashdi.

kerbi_17_09_2015_1

Uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad — davlat organlarida davlat interaktiv xizmatlarini joriy qilish va ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishning bosh mezonlarini belgilab olishdan iborat. Richard Kerbi davlat organlarei xodimlari bilan uchrashuv jarayonida davlat idoralarida elektron xizmatlarni joriy etishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan bir qancha maslahatlar berdi.

Janob Kerbi O‘zbekiston elektron hukumatining jahon electron hukumati tizimi reytingida ko‘tarish yuzasidan tavsiyalar berar ekan, davlat organlari tomonidan interaktiv xizmatlarni ko‘paytirish hamda ularning qulayligini ta’minlash, buning uchun esa mamlakat aholisining davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish faolliklarini oshirish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun vazirliklar va davlat idoralari veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali mamlakat fuqarolari bilan samarali muloqot o‘rnatishlari shart, deya o‘z mulohazalarini bildirdi BMTning iqtisodiy va ijtimoiy ishlari bo‘yicha departmentining Bosh maslahatchisi Richard Kerbi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq