ICTFORUM -2015 doirasida “Elektron hukumat”ga bag‘ishlangan konferensiya
17.09.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

ict_17_09_2015

Bugun Xalqaro biznes markazda “Egoverment Uzbekistan” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada xalqaro tashkilot vakillari, O‘zbekiston “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari va AKT yo‘nalishida faoliyat olib borayogan turli soha vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron hukumatni tatbiq etish va davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘limining boshlig‘i Doniyor Otajonov moderator sifatida boshqardi. Ekspert sifatida BMTD samarali boshqaruv bo‘limining boshlig‘i Aziza Umarova, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi rahbarining o‘rinbosari Elyor Rahmonov, SAP vakili — O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish menejeri Laziz Adhamovlar qatnashishdi.

ict_17_09_2015_1

Koreya Respublikasidan KIPA – koreys davlat boshqaruv institut katta ilmiy xodimi Kim Shin, LG CNS Uzbekistan kompaniyasining texnik direktori O Xyok, KT Corparation kompaniyasi Bosh menejeri Kim Yong Chol, Xitoyning Huawei kompaniyasi jamoa masalalari va marketing ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Chajou Chinlar elektron hukumat tizimini rivojlantirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazishdi.

ict_17_09_2015_2

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbar o‘rinbosari Elyor Rahmonov “O‘zbekiston “Elektron hukumati”ning istiqbolli rivojlanish tizimi”, markaz mutaxassisi Qobiljon G‘oyipov “YIDXP — mamlakat va fuqarolar o‘rtasidagi aloqaning samarali omili” mavzusida ma’ruza qilishdi.

ict_17_09_2015_3

Shunigdek, BMTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi vakillari Bunyod Avliyoqulov “Elektron hukumatning samarali tizimini yaratishda bek-ofislarning ahamiyati”, Diyora Qobulova “O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar: hozirgi holat va ustivor yo‘nalishlar” mavzusida ma’ruza qilib, davlatimizda “elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda olib borilayotgan islohatlar, Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishi, hajmi, portalda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi. Konferensiya yakunida qatnashchilar ma’ruzalar yuzasidan yakuniy xulosaga kelishdi hamda sho‘ba qarorini belgilab olishdi.

ict_17_09_2015_4

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq