Dmitriy Shukov O‘zbekistondagi “Beeline”ga boshchilik qiladi
17.09.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_17_09_2015

VimpelCom Ltd.” Kompaniyalar guruhi “Yevraosiyo” hududi Dmitriy Shukov “Unitel” MChJ (O‘zbekistonda “Beeline” SB) bosh direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar beradi.  U ish faoliyatini “VimpelCom” kompaniyalar guruhi tashqarida davom ettirishga qaror qilgan Vladimir Petrovning o‘rnini egallaydi.

“Dmitriy ham telekommunikatsiya, ham o‘zga sohalardagi tezkor rivojlanib borayotgan bozorlarda katta tajribaga ega. Ishonaman, u biznesning raqamli transformatsiyalariga yangi temp bera oladi, shuningdek yangi mahsulotlar va servisga ahamiyat bergan holda O‘zbekistonda ishga qo‘yilgan loyihalarni muvaffaqiyatli rivojlantira oladi, — tayinlovni sharhlaydi “VimpelCom” kompaniyalar guruhi “Yevraosiyo” hududi bosh direktori Mixail Gerchuk. – Vladimir Petrovga uning faoliyati mobaynida “Beeline” guruhi erisha olgan muvaffaqiyatlar uchun minnatdorchilik bildirishni istayman, va unga kelgusida omad tilab qolaman”.

“O‘z tayinlovimni men avvalam bor “Beeline”ning o‘n milliondan ziyod abonentlari va respublikaning telekom-sohasidagi yetakchilar qatoriga chiqargan guruh oldida katta mas’uliyat deb hisoblayman. Kompaniya xizmatlarini texnologik rivojlantirish, shuningdek ma’lumotlar uzatish borasida, mobil moliya xizmatlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish – bularning barchasini birinchi navbatdagi masalalar deb hisoblayman. Xizmatlar sifati va innovatsiyalar – brendning muvaffaqiyatli kelajagi garovi deb hisoblayman, va ishonaman, “VimpelCom”ning yangi strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekiston bozorida ajoyib natijalarni ko‘rsatadi”, — deydi Dmitriy Shukov.

Dmitriy Shukov 1997 yilda “Boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Sankt-Peterburg harbiy aloqa akademiyasini a’lo natijalar bilan tamomladi, shuningdek Stokgolm iqtisod maktabida malakasini oshirdi.

1990 yilda telekommunikatsiya sohasida o‘z faoliyatini boshladi, 2002 yilning iyul oyidan DIXIS raqamli elektronika va uyali aloqa salonlari Rossiya tarmog‘ining biznesini rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimi egallagan, u yerda distribyutorlik tarmog‘i va savdo rivojlanishiga javob bergan. 2004 yilning avgust oyida TELE2 Russia distributsiya va savdolar bo‘yicha direktori lavozimini egalladi. 2006 yilning oktyabr oyidan 2015 yil sentyabr oyiga qadar MTS va AMK “Sistema” Guruhi tarkibida faoliyat yuritgan: avval Korporativ markazning marketing Bo‘limida, keyinchalik esa Turkmaniston, O‘zbekiston va Hindistondagi bo‘linmalariga boshchilik qilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq