ICTExpo 2015 ko‘rgazmasi ochildi
16.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_15_09_2015

Bugun 15-sentabr kuni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida, bir vaqtda Toshkent va Samarqand shaharlarida An’anaviy milliy ICTExpo 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari  ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Toshkentda eksponentlar soni 120ta kompaniyani va Samarqand shahrida esa 50taga yaqin kompaniyani tashkil etdi. Ikki shaharda qirilgan stendlarning umumiy maydoni 2000 kv.m.ga yaqinni tashkil etdi.

Ko‘rgazmani tarmoq miqyosida, poytaxt va Samarqand ko‘rgazma maydonlarida namoyish etilishi bilan o‘tkazish g‘oyasi axborot texnologiyalarining minaqaviy kirib borish darajasi o‘sib borayotganligini ko‘rsatishga intilish bilan bog‘liq. Ko‘rgazmaning o‘tkazish kunlarida veb-translyatsiya tashkil etilgan, bu tashrif buyuruvchilarga har ikki ko‘rgazma eksponentlari bilan tanishish imkonini beradi.

ICTExpo 2015 bir necha mavzuli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilmoqda, ular qatoridan mobil aloqa, internet, telekommunikatsiya, softver industriyasi, e-hukumat hamda elektron tijorat kabilar o‘rin olgan.

uz_15_09_2015_1

Bugungi kunda elektron hukumat tizimini joriy etish va dasturiy ta’minot  industriyasini rivojlantirishga O‘zbekistonda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘rgazmada bu yil alohida «e-hukumat» va «Best Soft Uzbekistan» seksiyalari taqdim etilgan, stendlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha davlat organlari hamda korxonalari namoyish etilgan.

An’anaviy milliy ICTExpo 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasi axborot texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalarning  barcha yo‘nalishlarini taqdim etadi. Bu axborot-kommunikatsiya nou-xau sohasidagi mutaxassislar uchrashuvi uchun ham ajoyib  tadbirdir. Ko‘rgazmaning ishtirokchi- kompaniyalari tomonidan tashrif buyuruvchilarga axborot texnologiyalari sohasida eng yangi ishlanmalarini namoyish etiladi, dolzarb xizmat va yechimlarning keng turlari taqdim etiladi. Masalan, ko‘rgazmada mobil tarmog‘iga keng polosali ulanish, raqamli televideniye texnologiyalari, teletibbiyot sohasidagi loyihalar, axborot-kutubxona texnologiyalari va ko‘plab boshqalar namoyish etilgan.

uz_15_09_2015_2

Ko‘rgazma doirasida 1-12 sentabr kunlari Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Olmaliq shaharlaridagi o‘yin klublarida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tgan kiberfutbol bo‘yicha Uzbekistan Cyber Games FIFA15 turniri o‘tkaziladi. UCG FIFA15 milliy finali 15-17 sentabr kunlari o‘tkaziladi. Turnirda 8ta o‘rin g‘oliblariga sovrinlar (planshet, smartfon va mobil telefonlari) hamda g‘oliblar diplomlari taqdim etiladi.

Shuningdek, ICTEXPO 2015ga tashrif buyurganlar mamlakatimiz va chet el ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari taqdim etilgan Gadget Fair gadjetlar yarmarkasidan ham bahramand bo‘lishlari mumkin. Ko‘rgazma maydonining hududi 360 kv.m.ni tashkil etadi. Yarmarkada nafaqat ko‘rib-o‘rganish, balki sotib olish mumkin bo‘lgan smartfonlar, noutbuklar, planshetlar namoyish etilgan. Gadget Fairga tashrif buyurganlar qator texnik yangiliklarni birinchi bo‘lib bahalashdek, ajiyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma o‘z ishini 2015-yil 17-sentabrgacha davom ettiradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq