«Huawei Technologies» kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
16.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

huawei_15_09_2015

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AKT 2015 haftaligida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yetib kelgan «Huawei Technologies» kompaniyasi vitse-prezidenti Lin Jyuychi xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ham, ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, yosh mutaxassislar malakasini oshirish hamda zamonaviy konvergent AKT-servislarini rivojlantirish sohasida ham ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rivojlanishi va hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi rivojlanish odimlari va global darajadagi istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlar almashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomonidan «Huawei Technologies» kompaniyasiga AKT 2015 Haftaligi doirasida 15–17 sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkaziladigan ICTEXPO 2015 axborot texnologiyalari ko‘rgazmasining bosh homiysi sifatida chiqqanligi munosabati bilan minnatdorchilik bildirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq