“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining “ICTEXPO-2015” ko‘rgazmasidagi faol ishtiroki
16.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

egov_16_09_2015

Bugun poytaxtimizda joylashgan “O‘zekspomarkaz”da Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Ko‘rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidov ochib, AKTni mamlakatimiz va jamiyatimiz hayotidagi muhim jihatlari, yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohatlar, “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yuzasidan erishgan yutuqlarimizni alohida ta’kidladi.

“ICTEXPO-2015” ko‘rgazmasida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi ham o‘z stendi bilan qatnashib, unga tashrif buyuruvchilarga markazda amalga oshirilgan ishlar, elektron hukumatning jamiyat hayotidagi muhim va foydali jihatlari haqida ma’lumot berishmoqda.

egov_16_09_2015_1

Ko‘rgazmada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidov hamda BMT iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti katta maslahatchisi Richard Kerbi Markaz stendini ko‘zdan kechirdilar. Janob Kerbi quyidagi so‘zlarni alohida ta’kidlab o‘tdi: “Ushbu yildagi AKT haftaligi yangicha ko‘rinishi va o‘ziga xos nufuzi bilan ajralib turibdi. O‘zbekiston AKT rivojlanayotgan mamalakatlar orasida o‘ziga xos o‘ringa ega. Umid qilamanki, mamlakatingizning “elektron hukumat” tizimini rivojlanishidagi o‘rni dunyo hamjamiyatida albatta yuksaladi”.

egov_16_09_2015_2

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xalqaro aloqalar xodimi janob Cho “O‘zbekiston” telekanaliga intervyu berar ekan, ushbu tizimning mamlakatimizda sezilarli darajada rivojlanayotganligi va davlatimizda unga katta e’tibor berilayotganligini aytdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq