“Beeline” “ICTExpo 2015”da mehmonlarni kutmoqda
14.09.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” 15 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar UzExpoMarkazning ikkinchi pavilyonida bo‘lib o‘tadigan “ICTExpo 2015” An’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasiga taklif etadi.

“Bu yili kompaniya ekspozitsiyasi “Smartfonlar uchun eng zo‘r operator!” shiori ostida ishlaydi, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – “ICTExpo”ga uch kun mobaynida o‘n minglab kishi tashrif buyuradi, va ularning har birida eng zamonaviy devayslar, noyob xizmatlar va ayni paytda O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan eng yangi ilovalar bilan tanishish imkoni bor. Ishonaman, ularning barchasi “Beeline” xizmatlarining ishonchli va sifatli ekaniga baho bera oladilar”.

Ko‘rgazma hududida joylashadigan “Beeline”ning ko‘p sonli tematik va ko‘ngilochar zonalari tadbir mehmonlarini e’tiborsiz qoldirmaydi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda “ICTExpo 2015” ko‘rgazmasi bir vaqtning o‘zida Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumot www.ictweek.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq