Toshkent shahrida UCG FIFA15 kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi
13.09.2015
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_13_09_2015

12-sentabr kuni «Alans Arena» klubida UCG FIFA15 kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi Toshkent mintaqaviy saralash turniri o‘tkazildi. Unda 120 nafardan ortiq esportchilar 15-17 sentabr kunlari ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasida o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etishga yo‘llanma olish uchun musobaqalashdilar.

ucg_13_09_2015_1

Yakuniy turnir jadvali bilan bu yerda tanishish mumkin.

ucg_13_09_2015_2

Turnir yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni Olim Iskandarov, ikkinchi o‘rinni Rustam Katabekov va uchinchi o‘rinni Aziz Pataxov egallashga muyassar bo‘ldilar.

ucg_13_09_2015_3

Olmaliq, Urganch, Samarqand va Toshkent turnirlari g‘oliblari 15-17 sentabr kunlari ICTEXPO 2015 ko‘rgazmasida o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

ucg_13_09_2015_4

Bundan tashqari, tashkilotchilar finalda ishtirok etuvchilar sonini 32 (ilgari 24 nafar ishtirokchi rejalashtirilgandi) nafargacha oshirdilar va ularga hamda FIFA o‘yini bo‘yicha O‘zbekiston esporti rivojiga hissa qo‘shgan ayrim ishtirokchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklifnoma berdilar.

ucg_13_09_2015_5

UCG FIFA15 kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi milliy finali ishtirokchilarining ro‘yxati

ucg_13_09_2015_6

Turnir tashkilotchilari milliy final g‘oliblariga ta’sis etilgan sovrinlarni e’lon qildilar.

ucg_13_09_2015_7

Kiber futboli bo‘yicha UCG FIFA15 O‘zbekison Kubogi g‘oliblariga quyidagi sovrinlar:

    1- o‘rin  –  Katta kubok, diplom, Planshet Artel Vision
    2- o‘rin –  O‘rta kubok, diplom, Smartfon  Artel P1
    3- o‘rin –  Kichik kubok, diplom, Planshet Artel Star 
    4- o‘rin –  Smartfon Artel P1 mini
    5, 6, 7, 8 — o‘rinlar – Smartfon Artel NEO taqdim etiladi.
    8-16 o‘rin sohiblariga — Artel B-88 (RACE) telefoni sovriniga ega bo‘ladilar

Milliy finalning qolgan ishtirokchilari ICTWEEK2015 Haftaligi homiylaridan rag‘batlantiruvchi sovrinlar olishga sazovor bo‘ladilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq