NEC korporatsiyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
13.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

nec_13_09_2015

2015 yilning 11 sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida NEC korporatsiyasi prezidenti Nobuxiro Endo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Aytish joizki, telekommunikatsiya yo‘nalishida jahonning nufuzli muassasalaridan hisoblangan NEC korporatsiyasi O‘zbekiston va Yaponiya davlatlari o‘rtasida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalarda, xususan yurtimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish, raqamli televideniyega o‘tish jarayonlarida muhim hamkorlardan biridir.

Uchrashuv davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida o‘rnatilgan ikki tomonlama hamkorlik holati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, yer usti raqamli telesignallarni uzatish yuzasidan amalga oshirillayotgan loyihalarga oid istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Ayni kunda O‘zbekiston aholisini raqamli uzatish bilan qamrab olish darajasi 54 % ni tashkil qilmoqda. Mazkur ko‘rsatkichni yil oxiriga qadar 57 % ga, 2017 yilda mamlakatimiz hududini to’la raqamli telesignallar bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda istiqbolda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, NEC korporatsiyasi delegatsiyasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida hamda «O‘zbektelekom» AKning Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq