Regulation.gov.uz portali muhokamasida — yana bir tibbiy hujjat loyihasi
09.09.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

uz_9_09_2015

O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat muhokamasi qo‘yildi.

Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim qilinib, 2015-yilning 22-sentyabrida o‘z nihoyasiga yetadi.

Hujjatga muvofiq, tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 29- martdagi 92-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Hujjatga ilova tarzda tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga bo‘lgan minimal talablarga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagilar:

1. V bob nomidagi “Ichki kasalliklar (terapiya)” so‘zlaridan keyin “gastroenterologiya” so‘zi qo‘shiladi.

2. VII bob nomi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Nefrologiya ixtisoslik turli bo‘yicha”.

3. 11 band quyidagi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:
Gemodializ muolajasini o‘tkazish belgilaganda:
gemodializ apparati to‘plami;
sovutgich (2 dona);
dezinfeksiyalovchi suyuqliklar uchun kyuvetlar;
siydik qopi kateteri(2 dona);
kornsang (2 dona);
tibbiyot qaychisi (2 dona);
pinset (2 dona);
zond (2 dona);
sapka (2 dona);
buyraksimon lotok (2 dona).

4. 12- band quyidagi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:
Gemodializ muolajasini o‘tkazish belgilaganda:
gemodializ apparati to‘plami;
sovutgich (2 dona);
dezinfeksiyalovchi suyuqliklar uchun kyuvetlar;
siydik qopi kateteri(2 dona);
kornsang (2 dona);
tibbiyot qaychisi (2 dona);
pinset (2 dona);
zond (2 dona);
sapka (2 dona);
buyraksimon lotok (2 dona).

5. Quyidagi yangi tahrirdagi XXXVI bob va 63-band bilan to‘ldiriladi:

XXXVI bob. Tibbiy punkt bo‘yicha
63. Tibbiy faoliyatining hajmi maslahat va diagnostika hamda birinchi yordamdan iborat bo‘lgan tibbiy punkt
tipidagi tibbiyot muassasasida quyidagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari bo‘lishi lozim:

a) korxona, tashkilot, muassasalarda hamda jamoat joylarida aholiga, xodimlarga, talabalarga, o‘quvchilarga, maktabgacha yoshdagi bolalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xaydovchilarni reysga chiqishdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish:
tibbiy punkt:

mazkur Minimal talablarning 1-ilovasiga muvofiq shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan dori
vositalari va tibbiyot anjomlari bilan ta’minlangan shkaf;
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
mutaxassis vrach va xamshira uchun stol-stullar;
kushetka (1 donadan kam bo‘lmasligi lozim);
muzlatgich;
xonalar uchun bakteriatsidli chiroq;
biks (2 donadan kam bo‘lmasligi lozim);
suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan shtativ (1donadan kam bo‘lmasligi lozim);
sterilizatsiya va distillyatsiyaga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari*;
organizmdagi biologik aktiv suyukliklardagi psixoaktiv moddalarni aniqlovchi test sinamalari (xaydovchilarni reysga chiqishdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tibbiy punkti uchun);
tonometr va fonendoskop.
b) laborator tekshiruvlar uchun qon va boshqa suyuqliklarni olish bo‘yicha tibbiy punkt:
mazkur Minimal talablarning 1-ilovasiga muvofiq shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda
foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot anjomlari bilan ta’minlangan shkaf;
steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
mutaxassis vrach va xamshira uchun stol;
stullar;
kushetka (1 donadan kam bo‘lmasligi lozim);
muzlatgich;
sentrifuga;
qon olish uchun vakutayner-probirkalar;
skarifikatorlar;
probirkalar uchun shtativ;
qon transportirovkasi uchun maxsus konteyner (sumka);
xonalar uchun bakteritsidli chiroq;
biks (2 donadan kam bo‘lmasligi lozim);
suyuqliklarni tomchilatib quyishga mo‘ljallangan shtativ (1donadan kam bo‘lmasligi lozim);
sterilizatsiya va distillyatsiyaga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari*;
organizmdagi biologik aktiv suyukliklardagi psixoaktiv moddalarni aniqlovchi test sinamalari (xaydovchilarni reysga chiqishdan oldin tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tibbiy punkti uchun);
tonometr va fonendoskop.

*Tibbiy punktlarda bir marotaba ishlatiladigan tibbiy anjomlar qo‘llanilganda sterilizatsiya va distilyatsiyaga mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalar talab etilmaydi.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi bilan kelishilgan

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq