“ICTWEEK Uzbekistan – 2015” haftaligi doirasida Aloqa tarixi muzeyida Best Soft Challenge Respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlanishadi
09.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

best_8_09_2015

Yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli va ijodkor yoshlarning yozgi dam olish vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilish, milliy dasturiy mahsulotlar bozorini hamda internet segmentini yanada rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatiga doir dasturga muvofiq, 25 yoshgacha bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning may-sentyabr oylarida “BestSoft Challenge” tanlovi tashkil etildi.

Tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «Kamolot» YoIH, «BePro» dasturchilar markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, «Samsung Elektroniks» kompaniyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

    1. Elektron tijorat yo‘nalishida eng yaxshi ishlanma (shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar uchun ilovalar hamda veb-ishlanmalar).
    2. Ta’lim sohasi uchun eng yaxshi loyiha (shaxsiy kompyuterlar, mobil qurilmalar uchun ilovalar hamda veb-ishlanmalar).
    3. Kompyuter, brauzer hamda mobil o‘yinlar ishlanmasi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib loyiha 10 million so‘m miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritadi.

Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish onlayn rejimda www.software.uz veb-saytida 20 avgustga qadar davom etdi. Tanlovda ishtirok etish uchun 200 dan ziyod ishtirokchilardan arizalar qabul qilingan.

“ICTWEEK Uzbekistan – 2015” haftaligi doirasida Aloqa tarixi muzeyida 16 sentabr kuni, soat 16:00da Best Soft Challenge Respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlanishadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq