Urganch, Samarqand va Olmaliq shaharlarida kiber futboli  bo‘yicha UCG FIFA15 O‘zbekison Kubogi mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazildi
07.09.2015
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_7_09_2015

6-sentabr kuni O‘zbekisonning uchta shahrida O‘zbekison Kubogi kiber futboli  bo‘yicha UCG FIFA15 O‘zbekison Kubogi mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkazildi. Turnir g‘oliblari15-17 sentabr kunlari ICTExpo 2015 ko‘rgazmasida o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldilar.

ucg_7_09_2015_1

Samarqand shahridagi GameZone klubida 22 nafar ishtirokchi musobaqalashdi.

ucg_7_09_2015_2

1-o‘rinni Shaxram Jo‘rayev, ikkinchi o‘rinni Anvar Qodirov, uchinchi o‘rinni esa Dilshod Abdurahmonov egallashga muyassar bo‘ldilar.

ucg_7_09_2015_3

Urganchda 20 nafar ishtirokchi musobaqalashdi.

ucg_7_09_2015_4

1-o‘rinni Donyor Masharipov, ikkinchi o‘rinni Bekzod Bekchanov, uchinchi o‘rinni Anvar Abdullayevlar egalladilar.

Olmaliqda:

ucg_7_09_2015_5

birinchi o‘rinni Saidqunduz Mutolibxonov egalladi,

ucg_7_09_2015_6

ikkinchi o‘rinni esa Azamat Ubaydullayev egalladi.

Olmaliq, Urganch va Samarqand shaharlaridagi turnir go‘liblari 15-17 sentabr kunlari ICTExpo 2015 ko‘rgazmasida o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanma oldilar.

12-sentabr kuni Toshkent shahridagi «Alyans Arena» klubida Toshkent mintaqaviy saralash musobaqalari o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun hozirgi vaqtgacha 120dan ortiq ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tdilar.

Turnir tashkilotchilari milliy final g‘oliblariga ta’sis etilgan sovrinlar haqida e’lon qildilar.

ucg_7_09_2015_7

Kiber futboli bo‘yicha UCG FIFA15 O‘zbekison Kubogi g‘oliblariga quyidagi sovrinlar:

    1- o‘rin  –  Katta kubok, diplom, Planshet Artel Vision
    2- o‘rin –  O‘rta kubok, diplom, Smartfon  Artel P1
    3- o‘rin –  Kichik kubok, diplom, Planshet Artel Star 
    4- o‘rin –  Smartfon Artel P1 mini
    5, 6, 7, 8 — o‘rinlar – Smartfon Artel NEO taqdim etiladi.

Bundan tashqari, 8dan 16gacha o‘rinni egallagan barcha final ishtirokchilariga mobil telefoni sovg‘a qilinadi, milliy finalning qolgan ishtirokchilariga ICTWEEK 2015 Haftaligi homiylaridan rag‘batlantiruvchi sovrinlar beriladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq