TATUda yangi o‘quv yili boshlandi
04.09.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_4_09_2015

2-sentabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida qutlug‘ bayram O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi hamda yangi 2015-2016 o‘quv yilining boshlanishi va 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalarni tabriklash maqsadida tantanali tadbir o‘tkazildi.

tuit_4_09_2015_1

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.M. Mirzaxidov, “O‘zbektelekom” AK bosh direktori o‘rinbosari J.Maqsudov, “Aslkom” sug‘urta kompaniyasi boshlig‘i T.K. Iminov, TATU rektori H.A. Muxitdinov, shuningdek, bir qator soha korxonalari rahbarlari, universitet professor-o‘qituvchilari, 1-kursga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

tuit_4_09_2015_2

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.M. Mirzaxidov, TATU rektori H.A. Muxitdinov, universitetda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz-murabbiylar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi T. Rahimovlar so‘zga chiqib, mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan yig‘ilganlarni muborakbod etdilar.

tuit_4_09_2015_3

Mazkur tadbirda bu yil ikki nafar nevarasi universitetga o‘qishga kirib, «talaba” degan nomga sazovor bo‘lgan Oltiboyev Sanjar va Oltiboyev Bexruzlarning bobosi Abdurahmon aka Aliboyev ham tabrik uchun so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan ajoyib imkoniyatlar juda keng ekanligi, ulardan samarali foydalanish lozimligi hamda faqat a’lo baholarga o‘qish kerakligi haqida gapirdi.

tuit_4_09_2015_4

Talabalar nomidan telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabasi G.Azimova so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va Ona yurtimiz – O‘zbekiston uchun yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga bor kuch-g‘ayratlarini sarflashga intilishlarini ta’kidladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq