Axborot–kommunikatsiya texnologiyalari va turizm
03.09.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

ict_2_09_2015

O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari Assotsiatsiyasi «infoCOM.UZ» va «ICTNEWS» jurnallari tahririyatlari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy qo‘llab-quvvatlashi asosida 2015-yil 14-18 sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shahrlarida AKT O‘zbekiston – «ICT WEEK Uzbekistan-2015»  Haftaligi o‘tkaziladi.

Haftalik dasturida «ICTEXPO» milliy AKT sohasi yutuqlari ko‘rgazmasi, axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun «ICTFORUM» xalqaro forumi, O‘zbekistonda AKT sohasida rivojlanish natijalari sarhisobi hamda muhim vazifalarni, o‘rta va uzoq muddatli istiqbol rejalarini muhokama qilish uchun yuqori darajadagi uchrashuv «ICTSUMMIT»  o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirni o‘tkazish doirasida  2015-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiali tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, AKTni turizm sohasiga keng  joriy etish va mazkur sohadagi yutuqlarni namoyish etish maqsadida «AKT va turizm» konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yanada batafsil ma’lumotlar bilan tashkilotchilarning www.ictweek.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq