UCG FIFA15 kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi mintaqaviy saralash turniri Farg‘onada o‘tkazildi
02.09.2015
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_1_09_2015

UCG FIFA15 kiberfutboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi mintaqaviy saralash turniri Farg‘onadagi Mundial klubida  bo‘lib o‘tdi, unda Farg‘ona, Andijon va Qo‘qondan  24 nafar geymer ishtirok etdi.

ucg_1_09_2015_1

Birinchi o‘rinni – Azizbek Ergashev, ikkinchi o‘rinni – Alisher Xashimov hamda uchinchi o‘rinni – Jamshid Jo‘rayevlar egallashga muyassar bo‘ldilar.

ucg_1_09_2015_2

Musobaqa natijalari bo‘yicha Azizbek Ergashev va Alisher Xashimovlar Toshkent shahrida, 15-17 ICT EXPO2015 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladigan milliy finalda ishtirok etish uchun yo‘llanma  oldilar.

ucg_1_09_2015_3

Bundan tashqari, kubok tashkilotchilari O‘zbekiston esportu bo‘yicha Farg‘ona mintaqaviy saralash turniri FIFA o‘yinida qatorasiga bir necha yillar mobaynida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan farg‘onalik taniqli efutbolchi Abror Rustamovga milliy finalda ishtirok etishi uchun maxsus kvota ajratdilar.

ucg_1_09_2015_4

Eslatib o‘tamiz, ICTWEEK 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida «Uzbekistan Cyber Games FIFA15 kiber futboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi» esport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Tashkilotchi: InfoCOM.UZ jurnali

  • Hamkor: «Alyans Arena» kompyuter klubi
  • Qo‘llab-quvvatlanishi: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
  • Musobaqaning rasmiy sayti: infocom.uz

UCG FIFA15 turniri FIFA 15 o‘yini bo‘yicha Sony Play Station 4 o‘yin konsolida o‘tkaziladi.

Musobaqalarda ishtirok etish uchun 6 yoshdan boshlab barcha xohlovchilar (O‘zbekiston fuqarolari)ga ruxsat etiladi.

 Turnir ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-sentabrdan 12-sentabrgacha – «Alyans Arena» klubida (Toshkent), Gamezone klubida (Samarqand), Mundial klubida (Farg‘ona) va Playstation Game klubida (Olmaliq) saralash musobaqalari o‘tkaziladi.

Yana shuni ham m’lum qildilarki, Urganch shahrida ham  6-sentabr kuni mintaqaviy saralash turniri ICE CREAM klubida o‘tkaziladi. Manzil Urganch shahri, Al Xorazmiy ko‘chasi, 62 (mo‘ljal Artel servis markazi), tel. +998907250206

  • 15dan 17-sentabrgacha — ICTExpo2015 ko‘rgazmasida UCG FIFA15 Milliy finali o‘tkaziladi.

G‘oliblarni taqdirlash:

Turnirda 8ta o‘rin g‘oliblariga sovrinlar (planshet, smartfon va mobil telefonlari taqdim etiladi) va g‘oliblar diplomlari bilan taqdirlanadilar.

Taqdirlash marosimi AKT Haftaligi natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimida o‘tkaziladi.

Izoh: Turnirlarda ishtirok etish bepul. Barcha ishtirokchilar faqat musobaqaning saralash bosqichida klublardagi o‘yin vaqti uchun to‘lovni (klublardagi standart narxlarda) amalga oshiradilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq