UCG FIFA15 kiberfutboli bo ‘yicha O‘zbekison Kubogi sentabrda bo‘lib o‘tadi!
31.08.2015
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

ucg_30_08_2015

ICTWEEK 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi  doirasida «Uzbekistan Cyber Games FIFA15 kiber futboli  bo ‘yicha O‘zbekison Kubogi» esport muobaqalari o‘tkaziladi.

Tashkilotchi: InfoCOM.UZ jurnali

  • Hamkor: «Alyans Arena» kompyuter klubi
  • Qo‘llab-quvvatlanishi: O‘zbekison Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
  • Musobaqaning rasmiy sayti: infocom.uz

UCG FIFA15 turniri FIFA 15 o‘yini bo‘yicha Sony Play Station 4 o‘yin konsolida o‘tkaziladi.

Musobaqalarda ishtirok etish uchun 6 yoshdan boshlab barcha xohlovchilar (O‘zbekison fuqarolari)ga ruxsat etiladi.

 Turnir ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-sentabrdan 12-sentabrgacha – «Alyans Arena» klubida (Toshkent), Gamezone klubida (Samarqand), Mundial klubida (Farg‘ona) va Playstation Game klubida (Olmaliq) saralash musobaqalari.
  • 15dan 17-sentyabrgacha — ICTExpo2015 ko‘rgazmasida UCG FIFA15 Milliy finali.

ucg_30_08_2015_1

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish quyidagi manzillarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent shahri, «Alyans Arena» klubi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Sharq mavzesi (mo‘ljal – «Beta chay» zavodining ro‘parasida). Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon +998 71 270-00-00.
  • Samarqand shahri, Gamezone klubi. Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 56a, tel. +998 91 526-09-99
  • Farg‘ona shahri, Mundial klubi, Manzil: Farg‘ona shahri, Turkiston  ko‘chasi, 20, mo‘ljal  «Dilobar»  kafesi, Tel. +998 91652 06 46
  • Olmaliq shahri, Playstation Game klubi. Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri,  Mirzo Ulug‘bek  ko‘chasi,  107, tel. +99893 182-32-90

ucg_30_08_2015_2

Turnirlar ro‘yxati:

  • Sohasi: FIFA 15
  • Platformasi: PS4
  • Turnir PS4 da o‘tkaziladi.
  • O‘tkazish  tizimi:
  • Grupa + Play oF (BO2)
  • Jamoalar: istalgan jamoa (musobaqa davrida almashtirish mumkin).
  • Taym davomiyligi  — 6 daqiqa.
  • Murakkablik darajasi — afsonaviy.
  • O‘yin tezligi — me’yoriy.
  • Boshqaruv — har qanday.
  • Lat yeyish va jarohat — mavjud emas.
  • Obi-havo: ochiq
  • Tarkiblar — Online!!!
  • Himoya: TAKTIK!
  • Darvozabonni o‘zgartirish taqiqlanadi.

G‘oliblarni taqdirlash:

Turnirning 8ta o‘rin g‘oliblariga sovrinlar (planshet, smartfon va mobil telefonlari taqdim etiladi) va g‘oliblar diplomlari bilan taqdirlanadilar.

Taqdirlash marosimi AKT Haftaligi natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimida o‘tkaziladi.

Izoh: Turnirlarda ishtirok etish bepul. Barcha ishtirokchilar faqat musobaqaning saralash bosqichida klublardagi o‘yin vaqti uchun to‘lovni (klublardagi standart narxlarda) amalga oshiradilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq