Stiv Jobs haqida opera yaratdilar
30.08.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

stiv_30_08_2015

Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs (Steve Jobs) hayoti va faoliyati allaqachon san’at ahlihi u haqda kitob, hujjatli film va badiiy film yaratishga ilhomlantirdi, ulardan biri kuz faslida ekranlarga chiqariladi. Endilikda mashhur kompyuter sohasi arbobiga bag‘ishlab, opera yaratmoqdalar.

The (R)evolution of Steve Jobs deb nomlangan asarni sahnalashtirish g‘oyasi Santa-Fe (Santa Fe Opera) opera teatriga taalluqli bo‘lib, uning muallifi bastakor Meyson Beyts (Mason Bates) va librettist Mark Kempbell (Mark Campbell)dir. Asar sujeti Jobs hayoti va faoliyatiga, jumladan, uning rafiqasi Loren Pauell (Laurene Powell) va otasi Pol (Paul Jobs) bilan munosabatlariga asoslanadi. Operada Jobsning 1978-yilda tug‘ilgan ayol bilan munosabatlari va uning qizi Liza haqidagi sahnalar ham mavjud, «olma» kompaniyasining asoschisi dastlabki vaqtda uni tan olishdan bosh tortgan, biroq keyinchalik uning ismini Apple kompyuteri sharafiga Lisa deb atagan. Jahonshumul operaning sahnadagi namoyishini Santa Fe Opera vakillari ma’lum qilmadilar, biroq 2017-yilda 61-teatrlar mavsumida sahnaga qo‘yilishini e’lon qildilar.

Manba: www.latimes.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq