Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

smart_30_08_2015

Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q.

Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70 foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi.

Manba: www.onegadget.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq