Rossiyada SIM-karta sotish uchun o‘xshashi yo‘q avtomat yaratildi
30.08.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

«Moneta-Vending» kompaniyasi (DI-Group tomsk xoldingi) nafaqat Rossiyada, balki jahonda o‘xshashi yo‘q, SIM-kart sotish uchun avtomat ishlab chiqardi. Avtomatlashtirilgan sotuvlar nuqtasi ofis va savdo markazlarida, vokzal, aeroport va boshqa jamoat joylarida mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

Avtomat insonni tanish tizimi bilan jihozlangan, bundan tashqari, shaxsni tanishda ishonchlilikni oshirish uchun pasportni skanerdan o‘tkazadi. Apparat shartnomani imzolash uchun taqdim etish hamda hujjjatni qayta qabul qilishda yordam berishi mumkin. Naqd va naqdsiz pul to‘lash amalini qo‘llab-quvvatlaydi. Avtomat birinchi navbatda, SIM-karta, mobil telefonlar, smartfonlar va aksessuarlar sotishga mo‘ljallangan. Olisdan monitoring va sotish nuqtasini boshqarish funksiyasi nazarda tutilgan.

sim_30_08_2015

Hozirgi vaqtda avtomat yaratuvchilari testdan o‘tkazish dasturi doirasida yetakchi mobil telefon operatori bilan hamkorlik qilmoqda. Turli funksiyaonallikka ega apparatlar qatori ishlab chiqildi, ularning sinovdan o‘tkazilishi 2016-yilga mo‘ljallangan. Tizim keyinchalik Osiya (Tailand, Malayziya, Singapur) bozorlariga olib chiqilishi rejalashtirilgan. Bir avtomatning boshlang‘ich narxi DI-Group ma’lumotlariga ko‘ra, 200 ming rublni tashkil etadi.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq