Razer Orbweaver Chroma: o‘yin ishqibozlari uchun mexanik keypad
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

razer_30_08_2015

Razer kompaniyasi Gamescom-2015 xalqaro ko‘rgazmada kompyuter o‘yinlari ishqibozlari uchun ergonomik mexanik keypad Orbweaver Chromani taqdim etdilar.

Razer manipulyatori to‘liq dasturlashtirilgan 20ta mexanik tezlik darajasini o‘zgartiruvchi moslamalar, bosh barmoq uchun sakkiz vaziyatga mos tugmalari, ikki qo‘l bosh barmoq va kaft uchun boshqariluvchi modullar bilan ta’minlangan. Yangi qurilma Chroma qurilmalari ranglarini boshqa qurilmalar bilan sinxronizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash darajasini boshqaruv vositasi sufatida yaratilgan. Razer Synapse dasturiy ta’minot vositasida faollashtiladigan ranglarning 16,8 mln tusda berishga sozlash imkoniyati mavjud.

razer_30_08_2015_1

Razerning yangi ishga solgichlari 50 gramm bosim kuchini talab etadi. Bosh barmoq uchun mo‘ljallangan tugmasidan o‘yin malakalarini egallashda harakatlantirishda yoki kombinatsiyalar modifikatori sifatida foydalanish mumkin. Razer Orbweaver Chroma manipulyatorining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • Chroma yoritgichi 16,8 mln. tusli variantga egaligi;
  • Bosh barmoq va kaft, qo‘lni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqariladigan modulga egaligi;
  • Key Maps sakkiz sozlagichlari orasida darhol o‘tish xususiyatiga egaligi;
  • Makros faoliyatining cheklanmaganligi;
  • Razer Synapse qo‘llab-quvvatlanishi;
  • Purkash uchun tolali kabelga ega;
  • Razer Synapse profilida fodalanuvchilar sonining cheklanmaganligi;
  • Hajmi 55 x 154 x 202 mm;
  • Og‘irligi 395 gramm.

Razer Orbweaver Chroma manipulyatorini yaqin oylarda taxminan 130 yevro narxida sotib olish mumkin bo‘ladi.

Manba: www.razerzone.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq