Oqqush-robotlar go‘zallik va suv musaffoligini tekshirish monitoringi uchun yarаtilgan
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

rob_30_08_2015

NuSwan roboti Singapurda testdan o‘tkazilmoqda. Agar tabiat manzarasidan bahra olishni yoqtirsangiz, texnogen turdagi suvni tozalovchi-robot sizni ham qiziqtirsa kerak. Aynan shuning uchun Singapur Milliy universiteti olimlari suv tozalovchi-robotni oq qush ko‘rinishida ishlab chiqqanlar.

Mazkur robotlar NUSwan dasturi mahsuloti hisoblanadi, ular suv resurslarini baholashning yangi tizimi (New Smart Water Assessment Network) sifatida yaratilgan. Har bir modul o‘zida batareyalar bloki, elektrik dvigatel, ikki vint, shuningdek, sensorli, pH, loyqalik darajasini, tarkibida xlorofill mavjudligi hamda kislorodga to‘yinganligini o‘lchagich asbob bilan ta’minlangan. Aslida, u qo‘lda boshqarilishi mumkin, masofadan ham boshqariladi, robot o‘z yo‘nalishida bort GPS-navigatori tomonidan topshiriqlarni qo‘llab-quvvatlaydi va avtonom ravishda, suv omborini yoki har qanday suv obyektini kesib o‘tishi mumkin.

rob_30_08_2015_1

Ma’lumotlar faqat bulutli texnologiyadan Wi-Fi orqali uzatiladi, robotlar batareyasi quvvatsizlanganida avtomatik ravishda, quvvat olish stansiyasiga qaytadi. Shuningdek, ishlab-chiqaruvchilar ma’lum qilishicha, robot kichik qayiqlar bilan to‘qnashuvlar chog‘ida zarar ko‘rmasligi uchun yetarli darajada mustahkam ishlangan. Hozircha shunday o‘lchovlar Singapurda qayiqlarda odamlar tomonidan amalga oshirilmoqda, biroq NUSwan tizimi arzon, tezkor va texnik jihatdan yengil amalga oshirishi kutilmoqda.

Channel NewsAsia kanali hisobotiga muvofiq, robotlar g‘oyasi 2010-yilda ishlab chiqilgandi. Hozirda boshqa turdagi datchiklarni ishlab chiqarish, shuningdek, sho‘r suvli muhitga moslashtirish va foydalanish rejaga kiritilgan.

Manba: http://vido.com.ua

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq