Google Glass aqlli ko‘zoynagi yangi versiyasi ishlash uchun mo‘ljallangan
30.08.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

glass_30_08_2015

Google kompaniyasi yil oxiriga qadar Glass aqlli ko‘zoynagining yangi versiyasini chiqarishni rejalashtirgan. Avvalgi versiyasidan farqli ravishda, u ish bo‘yicha foydalanishga mo‘ljallangan. Qurilmaning dastlabkilari tanishib chiqish uchun Googlening hamkorlariga jo‘natilgan.

Qo‘shimcha reallik garniturasidan foydalanishdan manfaatdorlar orasida ishlab chiqarish korxonalari va tibbiy muassasalar ham mavjud. Yangi versiya texnik tomoni avvalgisidan taxlanma konstruksiyasi, kuchli ijrochiligi(suvdan himoyalanganligini ham e’tiborda tutganda), yuqori samarali Intel Atom protsessoriga egaligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, displeyi yaxshilangan va avtonom ish vaqti oshirilgan. Akkumulyatori sig‘imi oshirildi va ko‘zoynakka magnitga mahkamlanadi. Yangi Google Glass variantining bahosi Explorer Editiondan arzon bo‘lishi kutilmoqda, uning narxi $1500 bo‘lgandi.

Manba: www.engadget.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq